Xorijiy

Tojikistonda bolalarning hayit bayramlarini nishonlashi taqiqlandi

“Barcha qonunlar belgilangan tartibda qabul qilindi”, dedi chorshanba kuni Ozodi radiosiga Majlis Milliy matbuot kotibi Navro‘z Qurbonzoda.

23.06.2024 09:10
G‘azoda 3500 bola to‘yib ovqatlanmaslik sabab halok bo‘lishi mumkin

Isroil 7 oktyabrdan beri hujumlarini davom ettirgan G‘azo sektorida 3500 bola to‘yib ovqatlanmaslik tufayli o‘lim xavfi ostida ekanligi xabar berildi.

19.06.2024 12:25
Farzandlariga meros qoldirishni istamaydigan mashhurlar

Aksariyat mashhurlar muvaffaqiyatga qiyinchilik bilan erishgani uchun farzandlarini ham shu tarzda tarbiya qiladi. Ularning moliyaviy holati ularni xayriya ishlari bilan shug‘ullanishga undaydi, va ko‘pincha millionlab pullarini yaxshi maqsadlar uchun sarflaydilar.

16.09.2024 16:51
Mashhur yulduz Beyonsening farzandlari

Jahon miqyosida mashhurlikka erishgan yulduzlar sahna ortidagi haqiqiy hayoti bilan ko‘pincha qiziqtiradi. Suhbat davomida u o‘z hayoti haqida batafsil so‘zlab berdi.

16.09.2024 16:37
Maktabda bolg‘a bilan hujum sodir bo‘ldi

Bugun, 16 sentyabr kuni Rossiyaning Chelyabinsk viloyatidagi maktablardan birida o‘smir o‘z sinfdoshlari va o‘qituvchilarga bolg‘a bilan hujum qildi. Voqea oqibatida bir nechta o‘quvchi va o‘qituvchi jarohat oldi, ular shifoxonalarga etkazilgan. Chelyabinsk viloyati gubernatori Aleksey Tekslerning Telegram-kanalida xabar berilishicha, mazkur hujumdan so‘ng tergov ishlari boshlandi va barcha ta‘lim muassasalarida xavfsizlik choralarini kuchaytirish maqsadida tekshiruvlar o‘tkazilmoqda.

16.09.2024 15:02
Pul topish uchun, o‘qishni to‘xtatdim!

Xitoyda 17 yoshli Shen o‘zining o‘qishni tashlashiga sabab bo‘lgan qiziqarli voqea bilan tanildi. Uning onasi o‘g‘lining pul topish qanchalik qiyinligini tushunishini xohlagan va uni ko‘cha eguliklarini sotadigan do‘konchaga ishga yuborgan.

14.09.2024 12:54

Bir chaqaloqni ikki marta dunyoga keltirgan ayol

Buyuk Britaniyalik 23 yoshli ayol rivojlanayotgan homilasidagi nuqson tufayli bolasini ikki marta tug‘ishga rozi bo‘ldi. “Daily Mail” nashrining xabar berishicha, ayol homiladorligining dastlabki bosqichlarida bolaning umurtqa pog‘onasida jiddiy nuqson borligini bilib olgan. Nuqsonning rivojlanishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida, homilaning oltinchi oyida jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan.

14.09.2024 00:18

8-9-sinflar uchun dronlar bo‘yicha darslik chiqarildi

Rossiya maktablarida «Robotexnika» maktab moduli doirasida dronlar bo‘yicha yangi darslik chop etildi. Mazkur darslik «Mehnat (texnologiya)» fanining bir qismi bo‘lib, uchuvchisiz uchish apparatlari (UUA) texnologiyalari bilan ishlashni o‘rgatishga bag‘ishlangan. Ushbu darslik Rossiyaning etakchi nashriyoti «Prosveshenie» va dron ishlab chiqaruvchi «Geoskan» kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan.

13.09.2024 14:20

Bolalar ijtimoiy tarmoqlardan foydalana olmasligi mumkin

Avstraliya hukumati ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishda yosh chegaralarini belgilashni rejalashtirmoqda. Bosh vazir Entoni Albanezening so‘zlariga ko‘ra, yangi qonun loyihasi 2024-yil oxiriga qadar imzolanishi kutilmoqda va unda 14-16 yoshdagi bolalar va o‘smirlarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlanishi ko‘zda tutilgan.

12.09.2024 19:01

G‘azo o‘quv yilini maktabsiz boshladi

G‘azo hududida yangi o‘quv yili bir dona maktab ham ishlamasdan boshlandi. BMTning Yaqin Sharq agentligi (UNRWA) ma‘lumotlariga ko‘ra, Isroilning G‘azoga bostirib kirishi boshlanganidan beri maktab binolarining 85 foizi shikastlangan yoki vayron bo‘lgan. Bu binolarni qayta ishlatishga yaroqli holga keltirish uchun katta ta‘mir yoki restavrasiya zarur.

12.09.2024 18:47

Maktablarda pul yig‘imlar uchun jarima belgiladimi?

Qirg‘izistonda deputat Mirgul Temirboyeva maktablarda noqonuniy pul yig‘imlari uchun jarima joriy etishni taklif qildi. U parlamentning huquq-tartibot va korrupsiyaga qarshi kurash qo‘mitasi yig‘ilishida bu haqda bayonot berdi. Temirboyeva prezident Sadir Japarovning maktablarda noqonuniy pul yig‘ishni taqiqlashiga qaramay, bu amaliyot hanuz davom etayotganini ta’kidladi.

12.09.2024 15:12

Bolalarni o‘g‘irlab, zo‘rlagan erkak qo‘lga olindi

Rossiyada o‘zbekistonlik erkak ikki bolani o‘g‘irlash va nomusiga tegishda gumonlanib qo‘lga olindi.

11.09.2024 19:32

Jinoyat javobgarlik yoshi 12 yoshga qisqartirilishi mumkun

Qozog‘iston parlamentidagi deputat Magerram Magerramov ayrim jinoyatlar uchun jinoiy javobgarlik yoshini 14 yoshdan 12 yoshgacha qisqartirishni taklif qildi. Deputatning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi tizim yoshligi tufayli jinoyatchilar jazosiz qolishi mumkin.

11.09.2024 18:34

Selena Gomes farzand ko‘ra olmasligi mumkun

32 yoshli Selena Gomes farzand ko‘ra olmasligini tan oldi. Aktrisa va xonanda sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar homilador bo‘lishiga to‘sqinlik qilayotganini ta’kidladi. Vanity Fair nashriga bergan intervyusida Gomes, "Hech qachon bu haqda gapirmaganman, lekin afsuski, men farzand ko‘rolmayman. Sog‘lig‘imda o‘zimning va bolamning hayotiga xavf solishi mumkin bo‘lgan ko‘plab muammolarim bor," dedi.

11.09.2024 15:53

Rossiyada tug‘ilishlar rekord darajada pasaydi

Rossiyada 2024 yilning birinchi yarmida 599,6 ming bola tug‘ildi, bu 1999 yildan beri eng past ko‘rsatkichdir. Tug‘ilish darajasi o‘tgan yilga nisbatan 16 ming bolaga kamaygan. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar soni iyun oyida birinchi marta 100 mingdan pastga tushib, faqat 98,6 mingni tashkil etdi. Bu pasayish Rossiyada 25 yil ichidagi eng past tug‘ilish ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanadi.

11.09.2024 15:22

Maktabda 460 nafar o‘quvchi ommaviy zaharlandi

Qozog‘istonning Mang‘istov viloyati Munayli tumanidagi 8-maktabda 460 nafar o‘quvchi ommaviy zaharlanishga uchradi. Zaharlanishning dastlabki holatlari 6-sentyabr kuni qayd etilgan bo‘lsa, keyingi kunlarga kelib jabrlanganlar soni 460 nafarga yetgan.

09.09.2024 14:18

"Tirik Barbi"ning hozirgi hayoti qanday?

2012-yilda internetni larzaga solgan, tiniq moviy ko‘zlari va malla sochlari bilan barcha e‘tiborni tortgan qizaloq Ayra Mari Braun bugungi kunda 15 yoshga to‘ldi. O‘z vaqtida dunyoning eng yosh modeli sifatida tanilgan Ayra, bolaligida “tirik Barbi” deb atalgan edi.

09.09.2024 13:15

Armaniston maktablarida rus tili o‘qitilmaydigan bo‘ldi

Armanistonda yangi o‘quv yilidan boshlab rus tili umumta‘lim maktablarida o‘qitish uchun zarur bo‘lgan tillar ro‘yxatidan chiqarib tashlandi.

08.09.2024 11:29

  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img