Maktabda bolg‘a bilan hujum sodir bo‘ldi

16.09.2024 15:02
eye icon85
Maktabda bolg‘a bilan hujum sodir bo‘ldi

Bugun, 16-sentyabr kuni Rossiyaning Chelyabinsk viloyatidagi maktablardan birida o‘smir o‘z sinfdoshlari va o‘qituvchilarga bolg‘a bilan hujum qildi. Voqea oqibatida bir nechta o‘quvchi va o‘qituvchi jarohat oldi, ular shifoxonalarga yetkazilgan. Chelyabinsk viloyati gubernatori Aleksey Tekslerning Telegram-kanalida xabar berilishicha, mazkur hujumdan so‘ng tergov ishlari boshlandi va barcha ta'lim muassasalarida xavfsizlik choralarini kuchaytirish maqsadida tekshiruvlar o‘tkazilmoqda.

Gubernator voqea joyida huquq-tartibot organlari, shuningdek, Chelyabinsk shahar meri Natalya Kotova va bolalar huquqlari bo‘yicha vakil Yevgeniya Mayorova faoliyat yuritayotganini bildirdi. Yevgeniya Mayorovaning dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, hujum natijasida to‘rt nafar bola jarohatlangan. Hozirda jabrlanganlarga psixologik va tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

"Chelyabinsk Favqulodda Axborot Agentligi"ning ma’lumotlariga ko‘ra, hujumni 13 yoshli bola amalga oshirgan bo‘lib, u maktab o‘quvchilaridan birini bir necha marta bolg‘a bilan urgan. Jabrlangan bolaning ahvoli hozirda og‘ir ekani qayd etildi.

"74.ru" nashri yozishicha, hujumchi yonida bolg‘adan tashqari, pichoq va pnevmatik to‘pponcha ham bo‘lgan. Shahar hokimiyati ushbu maktabda shikastlangan o‘quvchilar va ularning ota-onalariga psixologik yordam ko‘rsatishni ta’minlayotganini ma’lum qildi.

Bu fojea maktablarda xavfsizlik masalalarini yana bir bor kun tartibiga chiqarmoqda.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logox-social-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img