Maktabda 460 nafar o‘quvchi ommaviy zaharlandi

09.09.2024 14:18
eye icon74
Maktabda 460 nafar o‘quvchi  ommaviy zaharlandi
Qozog‘istonning Mang‘istov viloyati Munayli tumanidagi 8-maktabda 460 nafar o‘quvchi ommaviy zaharlanishga uchradi. Zaharlanishning dastlabki holatlari 6-sentyabr kuni qayd etilgan bo‘lsa, keyingi kunlarga kelib jabrlanganlar soni 460 nafarga yetgan.

Dastlab faqat 58 nafar bola zaharlangani haqida xabar berilgan edi, ammo 9-sentyabrga kelib bu raqam sezilarli darajada oshgan. Jabrlangan bolalarning 83 nafari kasalxonaga yotqizilgan, ulardan ikki nafari reanimatsiyada bo‘lgan. Hozirda esa ikki bola umumiy palataga ko‘chirilgan bo‘lib, barcha bolalarning sog‘ligi yaxshilanayotgani aytilmoqda.

Qozog‘iston hukumati jabrlangan bolalarga zarur tibbiy va psixologik yordam ko‘rsatilayotganini ma’lum qildi. Bosh vazir Oljas Bektenov topshirig‘iga asosan, mamlakat bo‘ylab barcha maktab oshxonalarida sanitariya va gigiyena talablariga rioya etilishi bir oy davomida qat’iy nazorat ostiga olinadi.

Mazkur ommaviy zaharlanish bo‘yicha Jinoyat kodeksining 304-moddasi (sanitariya yoki gigiyena qoidalarini buzish) asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img