Maktablarda pul yig‘imlar uchun jarima belgiladimi?

12.09.2024 15:12
eye icon37
Maktablarda pul yig‘imlar uchun jarima belgiladimi?

Qirg‘izistonda deputat Mirgul Temirboyeva maktablarda noqonuniy pul yig‘imlari uchun jarima joriy etishni taklif qildi. U parlamentning huquq-tartibot va korrupsiyaga qarshi kurash qo‘mitasi yig‘ilishida bu haqda bayonot berdi. Temirboyeva prezident Sadir Japarovning maktablarda noqonuniy pul yig‘ishni taqiqlashiga qaramay, bu amaliyot hanuz davom etayotganini ta’kidladi.

Konstitutsiya bepul ta’lim olishni kafolatlasa-da, o‘qituvchi va direktorlar ehtiyojlari uchun ota-onalardan pul yig‘ish holatlari uchrayapti. Deputatning so‘zlariga ko‘ra, ko‘pchilik ota-onalar o‘qituvchilarning keyinchalik farzandlariga nisbatan salbiy munosabatda bo‘lishidan qo‘rqib, bunday yig‘imlarga majburan rozilik bildirmoqda.

Deputat maktablarda pul yig‘ish holatlari aniqlanganda, Jinoyat kodeksiga muvofiq jazo choralarini ko‘rishni taklif qilmoqda. Taklifga ko‘ra, noqonuniy yig‘imlar uchun jismoniy shaxslarga 200 hisob-kitob ko‘rsatkichi (20 ming som yoki 3 million so‘mdan ortiq), yuridik shaxslarga esa 600 hisob-kitob ko‘rsatkichi (60 ming som yoki 9 million so‘mdan ziyod) miqdorida jarima solinishi mumkin.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img