G‘azo maktablarining 69 foizi zarbaga uchragan, bolalar ochlikdan halok bo‘lmoqda

26.06.2024 09:01
eye icon160
G‘azo maktablarining 69 foizi zarbaga uchragan, bolalar ochlikdan halok bo‘lmoqda
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatish agentligi ma’lumotiga ko‘ra, Isroil armiyasi uyidan majburan ko‘chirilgan falastinliklar boshpana topgan G‘azo maktablarining 69 foiziga zarba bergan.
Bayonotda xalqaro insonparvarlik huquqini ochiqdan-ochiq mensimaslikka barham berish, G‘azoda zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish zarurligi ta’kidlangan.

Darvoqe, ko‘chirilgan oilalar boshpana topgan maskanlar tez-tez nishonga aylanyapti. Fuqarolik infratuzilmasi vayron qilinmoqda, kasalxonalar, ta’lim muassasalariga ham hujum uyushtirilmoqda.

Oʻtgan hafta davomida qamaldagi Gʻazoda ochlik tufayli yana toʻrt nafar bola halok boʻldi. Bu haqda sektor shimolidagi Kamol Advan kasalxonasi rahbari Hussam Abu Sofiya maʼlum qildi. Uning soʻzlariga koʻra, soʻnggi ikki hafta ichida 250 bola oʻtkir toʻyib ovqatlanmaslik tashxisi bilan kasalxonaga yotqizilgan.

Maʼlumot oʻrnida, Isroilning Gʻazoga hujumi natijasida jami 37 551 falastinlik hayotdan koʻz yumgan. Ularning kamida 15 694 nafari bola, 10 279 nafari ayol. Yaralanganlar 85 911 kishi ekani qayd etilgan.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img