G‘azoda 3500 bola to‘yib ovqatlanmaslik sabab halok bo‘lishi mumkin

19.06.2024 12:25
eye icon119
Gʻazoda 3500 bola toʻyib ovqatlanmaslik sabab halok boʻlishi mumkin
Isroil 7-oktyabrdan beri hujumlarini davom ettirgan Gʻazo sektorida 3500 bola toʻyib ovqatlanmaslik tufayli oʻlim xavfi ostida ekanligi xabar berildi.

Gʻazo hukumati matbuot boʻlimi tomonidan berilgan yozma bayonotda, Isroil va AQSHning Falastin xalqiga yordam yetib borishiga toʻsqinlik qilayotgani, Gʻazo sektori asta-sekin ocharchilikka choʻkib borayotgani qayd etildi.

Bayonotda, Gʻazoda 3500 bolaning toʻyib ovqatlanmaslik va importi taqiqlangan mahsulotlar qatoriga qoʻshimcha oziq moddalari va vaksina yetishmasligi sababli oʻlim xavfi ostida ekanligi qayd etildi.

Matbuot idorasi AQSH va Isroilning kasal va bolalarga nisbatan qoʻllanilayotgan ochlik siyosati hamda oziq-ovqat va dori-darmonlarni olib kirishni taqiqlash xavfli va gʻayriinsoniy yoʻl ekanini aytib, Gʻazoning 2,4 million tinch aholisini ocharchilikka mahkum etish niyatida ekanini taʼkidladi.

Ushbu hisobotga koʻra, bu Gʻazoning tinch aholisiga qarshi genotsid urushidir va bu jinoyatlarni toʻxtatish uchun shoshilinch xalqaro aralashuvni talab qiladi.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img