Bir chaqaloqni ikki marta dunyoga keltirgan ayol

14.09.2024 00:18
eye icon68
Bir chaqaloqni ikki marta dunyoga keltirgan ayol

Buyuk Britaniyalik 23 yoshli ayol rivojlanayotgan homilasidagi nuqson tufayli bolasini ikki marta tug‘ishga rozi bo‘ldi. “Daily Mail” nashrining xabar berishicha, ayol homiladorligining dastlabki bosqichlarida bolaning umurtqa pog‘onasida jiddiy nuqson borligini bilib olgan. Nuqsonning rivojlanishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida, homilaning oltinchi oyida jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan.


Jarrohlikda shifokorlar bolani vaqtincha chiqarib olib, nuqsonning bir qismini tuzatgan va keyin homilani qayta joyiga qo‘ygan. Natijada, chaqaloq 38 haftalikda dunyoga kelgan. Yangi tug‘ilgan chaqaloq sakkiz kun reanimatsiya bo‘limida parvarishlangan va bir nechta operatsiyalar o‘tkazilgan.


Shifokorlar chaqaloq katta ehtimol bilan yura olmaydi, deb aytishgan. Biroq, onaning so‘zlariga ko‘ra, bir yil davomida olib borilgan fizioterapiya yordamida farzandining sog‘lig‘i sezilarli darajada yaxshilangan va bu uning kelajakda yurishi uchun umid yaratadi.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img