Bolalar ijtimoiy tarmoqlardan foydalana olmasligi mumkin

12.09.2024 19:01
eye icon15
Bolalar ijtimoiy tarmoqlardan foydalana olmasligi mumkin

Avstraliya hukumati ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishda yosh chegaralarini belgilashni rejalashtirmoqda. Bosh vazir Entoni Albanezening so‘zlariga ko‘ra, yangi qonun loyihasi 2024-yil oxiriga qadar imzolanishi kutilmoqda va unda 14-16 yoshdagi bolalar va oʻsmirlarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlanishi ko‘zda tutilgan.

Albanezning fikricha, bu qonun "onlayn-tahdidlardan bolalarni himoya qilish va internet orqali yetkazilishi mumkin bo‘lgan zararlarni kamaytirishga" yordam beradi. U ijtimoiy tarmoqlarning bolalarga haqiqiy do‘stlikdan mahrum qilishi va ularning hayotiy tajribalariga to‘sqinlik qilishi mumkinligini ta’kidladi.


Vazir ABC radiosiga bergan intervyusida, hukumat bolalarga real insonlar bilan muloqot qilish tajribasini o‘rganishlarini, telefon va boshqa gadjetlardan chalg‘ib, sport maydonlarida o‘ynashlarini, basseynlarga borishlarini xohlaydi. Shuningdek, kontent joylanishi uchun texnologik platformalar va ijtimoiy tarmoq administratorlari javobgarlikni oshirishi kerakligini qo‘shimcha qildi.

Avstraliya hukumati ushbu qonunni 2024-yil oxiriga qadar imzolashni rejalashtirmoqda.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img