Britaniyada 6-11 yoshli bolalarni Moderna bilan emlash tasdiqlandi

15.04.2022 17:05
eye icon2016
Britaniyada 6-11 yoshli bolalarni Moderna bilan emlash tasdiqlandi

Buyuk Britaniya 6 yoshdan 11 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun COVIDga qarshi Moderna vaktsinasini tasdiqladi.

Ushbu qarorga kelishga mamlakatda koronavirusning yangi shtammlari tarqalishini oldini olish bo'yicha olib borilayotgan ishlar sabab bo'lgan.

Buyuk Britaniyaning Dori-darmonlar va tibbiy mahsulotlar xavfsizligini nazorat qiluvchi idorasi – MHRA ma'lumotlariga ko'ra, "Spikevax" deb nomlanuvchi Moderna vaktsinasi xavfsizlik, sifat va samaradorlik jihatidan talab qilinadigan standartlarga mos kelgan.

Bugungi kunda Buyuk Britaniyadagi aksariyat bolalarda virus aniqlanmagan yoki engil shaklda bo'lsa ham, yuqtirish va og'ir darajaga olib kelish ehtimolini hisobga olib ushbu qarorga kelingani qayd etilgan.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img