Zimbabveda nogiron bolalarning ta‘limi juda yomon ahvolda

03.03.2022 13:57
eye icon1965
Zimbabveda nogiron bolalarning ta'limi juda yomon ahvolda

Zimbabveda eshitish imkoniyati cheklangan bolalarning ota-onalari o'z farzandlariga etarli darajada bilim berilmayotgani, malakali o'qituvchilarning etishmasligidan shikoyat qilmoqda.

Mustaqillikka erishganiga qirq yildan oshgan mazkur mamlakat hali ham imkoniyati cheklanganlarga sifatli ta'lim berish masalasida ijobiy natijaga erisha olgani yo'q. Chunki bu toifadagi bolalarga dars bera oladigan kadrlar etarli emas.

Bugun, 3 mart – xalqaro quloq va eshitish salomatligini himoya qilish kuni munosabati bilan e'lon qilingan ma'lumotda Zimbabve mamlakatdagi eshitish qobiliyati past bo'lgan talabalarga sifatli ta'lim berishda ortda qolayotganini tan olgan.

Davlat maktablarida imo-ishora tilini o'rganuvchilar uchun alohida sinflar ajratilgan. Bunda bir o'qituvchiga 7 talaba to'g'ri kelishi lozimligi ma'lum qilingan.

“Zimbabveda eshitish qobiliyati past bo'lgan bolalar maktabda ta'lim bo'yicha ortda qoladi. Chunki ularga etarli darajada bilim beruvchi o'qituvchilar va o'quv materiallari etishmaydi. Mamlakatda nogiron bolalarning ta'limi juda yomon ahvolda. Aslida, bir sinfda ana shunday etti nafar bola va bir o'qituvchi bo'lishi kerak. Lekin imkoniyati cheklangan bolalarni ham boshqalar (sog'lom o'quvchilar) qatoriga qo'shib qo'yiladi. U sinfdagi o'qituvchi esa kar bolalarga ta'lim bera olmaydi. Hozirda bu kabi bolalar maktabga faqatgina boshqa tengdoshlari bilan vaqt o'tkazish uchungina kelishadi”, – degan rasmiylardan biri.

Yana bir ahamiyatli jihati, Zimbabveda imo-ishora tili 16 ta rasman tan olingan muloqot tillarining biri hisoblanadi. Shunga qaramay, mamlakatda bu borada katta muammolar bor.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img