G‘azo hududida yangi o‘quv yili bir dona maktab ham ishlamasdan boshlandi. BMTning Yaqin Sharq agentligi (UNRWA) ma’lumotlariga ko‘ra, Isroilning G‘azoga bostirib kirishi boshlanganidan beri maktab binolarining 85 foizi shikastlangan yoki vayron bo‘lgan. Bu binolarni qayta ishlatishga yaroqli holga keltirish uchun katta ta’mir yoki restavrasiya zarur.
UNRWA maktablari ham shu holatda bo‘lib, isroil bombardimonidan zarar ko‘rgan. Falastin Ta’lim vazirligi esa, maktablarning kamida 90 foizi isroil havo hujumlari natijasida vayron bo‘lganini bildiradi.
Falastinlik besh farzandning onasi: “Odatda, bu kun bolalar uchun ota-onalari bilan maktabga yangi formada boradigan, shifokor va muhandis bo‘lishni orzu qiladigan bayram kuni bo‘lardi. Bugun bizning umidimiz shuki, biz urush tugaguncha umidimizni yo‘qotmaymiz”, deya ta’kidladi.
G‘azoda ta’lim inshootlarining vayron bo‘lishi, bolalarning ta’lim olish huquqi jiddiy tahdid ostida qolmoqda. Bu vaziyat urushning ta’siri va o‘quv yili davomida sharoitlarni yaxshilash zarurligini yana bir bor ko‘rsatmoqda.