Tojikistonda bolalarning hayit bayramlarini nishonlashi taqiqlandi

23.06.2024 09:10
eye icon157
Tojikistonda bolalarning hayit bayramlarini nishonlashi taqiqlandi
Tojikiston parlamentining yuqori palatasi chorshanba kuni “Anʼanalar va marosimlar toʻgʻrisida”gi qonunga islomning ikki bayrami – Ramazon va Qurbon hayiti kunlarida “Idgardak” anʼanaviy bolalar sayllarini oʻtkazishni taqiqlovchi tuzatishlarni maʼqulladi.

Qayd etilishicha, bir necha yil avval Tojikiston Ulamolar kengashi mahalliy “Idgardak” anʼanasini, yaʼni bolalarning roʻza va haj tugashi munosabati bilan uyma-uy yurib, shirinliklar olishini diniy meʼyorlarga zid deb fatvo bergan edi.

Bolalarning islom bayramlarini nishonlashiga oid qonunchilik bilan bir qatorda, “milliy madaniyatga yot kiyimlarni olib kirish, sotish va jamoat joylarida kiyishni” taqiqlovchi “begona kiyimlar” kiyishni taqiqlash ham tasdiqlandi.

“Barcha qonunlar belgilangan tartibda qabul qilindi”, dedi chorshanba kuni Ozodi radiosiga Majlis Milliy matbuot kotibi Navroʻz Qurbonzoda.

ASIA-Plus  nashrining xabar berishicha, qonun qaysi turdagi kiyimlar “milliy madaniyatga yot” deb topilishi va sotish va kiyish taqiqlanishini aniq tartibga solmagan, biroq joriy yilning mart oyida mamlakat prezidenti Emomali Rahmon tojik din arboblari bilan uchrashuvda hijob va satrni begona kiyimlar roʻyxatiga kiritgandi.

“Kiyimda yot madaniyatga taqlid qilish, yaʼni birovning satr va hijob deb atalmish kiyimini kiyish jamiyatimiz uchun yana bir dolzarb muammodir, - degandi Tojikiston prezidenti. - Kiyinish odob-axloqi va urf-odatlarini begonalashtirish madaniyat mustaqilligi va millatning milliy-madaniy oʻziga xosligiga putur yetkazuvchi madaniy begonalashuvdir”.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img