Pul topish uchun, o‘qishni to‘xtatdim!

14.09.2024 12:54
eye icon23
Pul topish uchun, o‘qishni to'xtatdim!

Xitoyda 17 yoshli Shen o‘zining o‘qishni tashlashiga sabab bo‘lgan qiziqarli voqea bilan tanildi. Uning onasi o‘g‘lining pul topish qanchalik qiyinligini tushunishini xohlagan va uni ko‘cha yeguliklarini sotadigan do‘konchaga ishga yuborgan.

Ona, o‘zining bir necha yil davomida shunday do‘konchada ishlagan tajribasidan kelib chiqib, Shen kattalar hayotining og‘ir qiyinchiliklariga duch kelsa, ta’lim olishga jiddiy yondashadi, deb umid qilgan. 10 kun ichida Shen ko‘cha yeguliklari savdosidan 1400 dollar ishlab topdi. Bu muvaffaqiyat uning o‘qishdan voz kechib, biznesmen bo‘lishga qaror qilishiga sabab bo‘ldi. Shen o‘zining oshpazlik maktabini tashladi va endi o‘zi tayyorlagan yeguliklarni sotadi.


Shenning onasining so‘zlariga ko‘ra, o‘g‘li har kuni ertalab soat 09:00 dan yarim tungacha do‘konda ishlaydi. Onasi o‘g‘lining ishga bo‘lgan shu darajadagi mas'uliyatini kutmaganini va Shenning juda tirishqoq ekanligini ta'kidlagan. Shenning birinchi maqsadi — uch g‘ildirakli elektr velosiped uchun pul ishlash. Onasi o‘g‘lining o‘qishni tashlash qaroriga ko‘nikdi.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img