Kalit so‘z : Xorijiy
Rossiya maktablarida chet ellik bolalar uchun cheklov o‘rnatildi
Rossiya Federasiyasi Ta‘lim vazirligi maktablarda rus tilini yaxshi bilmaydigan chet ellik bolalar sonini uchtagacha cheklashni tavsiya qildi. Bu haqda «Izvestiya» gazetasi departamentning hududlarga yuborilgan uslubiy tavsiyalariga asoslanib xabar berdi.
18.09.2024 11:04
O‘quvchilarga dars vaqtida uxlashga ruxsat berildi
Olmaotadagi boshlang‘ich maktab o‘quvchilari endi dars paytida qisqa muddatli uyqu olishi mumkin, deb xabar berdi Aqshamnews.kz nashri. O‘quvchilarning qulayligi uchun maxsus “uyqu stollari” ham joriy etilgan. Maktab maqsadi – zamon bilan hamnafas bo‘lib, o‘quvchilar salomatligiga ko‘proq e‘tibor qaratish.
17.09.2024 18:12
Maktablarda sinflardagi o‘quvchilar soni: me’yorlar va talablar
Maktablarda ta‘lim jarayonini samarali tashkil qilish uchun sinflardagi o‘quvchilar soni muhim ahamiyatga ega. Yurtimizda bu masala aniq me‘yorlar bilan tartibga solinadi va sinflardagi o‘quvchilar soni 35 nafardan oshmasligi kerak. Bu ta‘lim sifatini ta‘minlash, o‘qituvchining har bir o‘quvchi bilan individual ishlash imkoniyatini oshirish uchun joriy qilingan.
16.09.2024 15:28
Maktablarda mobil telefonlardan foydalanish
Mobil telefonlardan foydalanish masalasi ta‘lim jarayonida jiddiy muhokama qilinadigan mavzulardan biridir. O‘zbekiston va boshqa mamlakatlar maktablarida bu borada aniq tartiblar belgilangan. Yurtimizda o‘quvchilarning maktab hududida telefon ishlatishi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 21 maydagi 139-sonli Qarori asosida tartibga solinadi. Bu nizomga ko‘ra, maktabga kirishda har bir o‘quvchi va xodim telefonini ovozsiz rejimga o‘tkazishi yoki o‘chirib qo‘yishi shart. Shuningdek, dars mashg‘ulotlari davomida mobil telefonlardan foydalanish qat‘iyan taqiqlanadi.
16.09.2024 15:20
Maktabda bolg‘a bilan hujum sodir bo‘ldi
Bugun, 16 sentyabr kuni Rossiyaning Chelyabinsk viloyatidagi maktablardan birida o‘smir o‘z sinfdoshlari va o‘qituvchilarga bolg‘a bilan hujum qildi. Voqea oqibatida bir nechta o‘quvchi va o‘qituvchi jarohat oldi, ular shifoxonalarga etkazilgan. Chelyabinsk viloyati gubernatori Aleksey Tekslerning Telegram-kanalida xabar berilishicha, mazkur hujumdan so‘ng tergov ishlari boshlandi va barcha ta‘lim muassasalarida xavfsizlik choralarini kuchaytirish maqsadida tekshiruvlar o‘tkazilmoqda.
16.09.2024 15:02
Qashqadaryoda soliqchilar maktabdagi eslatma uchun jazolandi
Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatidagi maktablardan birida soliq inspektsiyasi xodimlarining o‘quvchilarga soliqlar to‘g‘risida tushuntirish bergani aks etgan videolavhalar tarqalgan edi. Bu holat viloyat soliq boshqarmasi tomonidan keng jamoatchilik e‘tiboriga olinib, tegishli chora-tadbirlar ko‘rildi.
14.09.2024 18:09
Maktabdan tashqaridagi o‘quvchilarga kim javobgar?
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta‘limi vazirligining 2021 yil 22 fevraldagi 41 sonli buyrug‘iga ko‘ra, sinf rahbarlari darsdan keyingi va ta‘til paytidagi o‘quvchilarning xatti-harakatlari uchun javobgar emas. Ta‘lim muassasasidan tashqarida o‘quvchilarning xatti-harakatlari uchun amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq ota-onalar javob beradi.
14.09.2024 14:51
Rahbariyat sinflarda tekshiruv o‘tkazishi mumkin
Direktor o‘quvchilarning bilimlarini davlat ta‘lim standartlariga muvofiqligini ta‘minlash, ta‘lim muassasasini rivojlantirish choralarini ko‘rish majburiyatini bajaradi. O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari ta‘lim standartlarini nazorat qilish, ilg‘or tajribalarni o‘rganish va zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy qilish bilan shug‘ullanadi.
14.09.2024 14:29
Endi o‘qituvchilar o‘quvchiga nisbatan kuch ishlata olmaydi
2023-yil 31-avgustda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va Maktab Ta‘limi vaziri tomonidan tasdiqlangan «Umumiy o‘rta ta‘lim muassasasining takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalari» pedagoglarga qo‘yiladigan yangi talablarni belgilab berdi. Quyidagi talablar, ta‘lim muassasalarida pedagoglarning professional xulq-atvorini yaxshilashga qaratilgan:
14.09.2024 13:58
O‘qituvchilar fan to‘garak mashg‘ulotlarini o‘tishlari majburiymi?
O‘zbekiston Respublikasida ta‘lim sohasida yangi talablar joriy etildi. Endilikda fan to‘garaklari o‘qituvchilarning pedagogik yuklamasi tarkibiga kiritilib, bu to‘garak mashg‘ulotlari uchun ham oylik maosh hisoblanadi. Ushbu qaror o‘qituvchilarning ish yuklamasini hisoblab chiqarishda o‘quv-tarbiya jarayonining metodik ta‘minoti va tashkiliy-pedagogik jarayonlar ham hisobga olinishi kerakligini ko‘rsatadi.
14.09.2024 13:48