Maktabdan tashqaridagi o‘quvchilarga kim javobgar?

14.09.2024 14:51
eye icon22
Maktabdan tashqaridagi  o‘quvchilarga kim javobgar?

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2021-yil 22-fevraldagi 41-sonli buyrug‘iga ko‘ra, sinf rahbarlari darsdan keyingi va ta’til paytidagi o‘quvchilarning xatti-harakatlari uchun javobgar emas. Ta’lim muassasasidan tashqarida o‘quvchilarning xatti-harakatlari uchun amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq ota-onalar javob beradi.

Bu nizom sinf rahbarlari va direktor o‘rinbosarlariga nisbatan intizomiy jazo choralari qo‘llanilmasligini anglatadi. Shunday qilib, darsdan tashqari vaqt va ta’til paytida o‘quvchilarning xatti-harakatlari uchun sinf rahbarlari va direktor o‘rinbosarlari javobgar bo‘lmaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 73-moddasiga muvofiq, ota-onalar farzandlarini tarbiyalashda to‘liq mas’uliyatga ega. Ular farzandlarining salomatligi, aqliy, jismoniy, ma’naviy va axloqiy rivojlanishi uchun g‘amxo‘rlik qilishlari shart. Shuningdek, ota-onalar o‘z farzandlarining ijtimoiy xatti-harakatlari va tarbiyasiga e’tibor qaratishlari kerak.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img