Qashqadaryoda soliqchilar maktabdagi eslatma uchun jazolandi

14.09.2024 18:09
eye icon68
Qashqadaryoda soliqchilar maktabdagi eslatma uchun jazolandi

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatidagi maktablardan birida soliq inspeksiyasi xodimlarining o‘quvchilarga soliqlar to‘g‘risida tushuntirish bergani aks etgan videolavhalar tarqalgan edi. Bu holat viloyat soliq boshqarmasi tomonidan keng jamoatchilik e’tiboriga olinib, tegishli chora-tadbirlar ko‘rildi.

Nishon tumanidagi 14-maktabda 4-sentyabr kuni ikki nafar fuqaro sinfxonasiga kirib, 3-sinf o‘quvchilariga jismoniy shaxslar tomonidan to‘lanadigan mol-mulk va yer soliqlari haqida eslatmalar tarqatgan. Ushbu xodimlar soliq inspeksiyasining Ishlab chiqarish va yordamchi xodimlar tarkibidan bo‘lib, Nurmanov Ro‘zmamat Norqobilovich va Xazratqulov Bobur Asatullayevichlar sifatida tanilgan.

Soliq inspeksiyasi rahbariyati ushbu xodimlarga maktab hududida eslatmalarni tarqatish haqida rasmiy topshiriq bermagan. Xodimlar maktab o‘qituvchisi bilan kelishib, sinf xonaga kirgan holda o‘quvchilarga eslatmalarni tarqatishgan. Holat sinf rahbari tomonidan video tasvirga olinib, o‘quvchilarning ota-onalarining Telegramdagi guruhiga yuborilgan. Natijada, ushbu video ijtimoiy tarmoqlarda salbiy baholandi.

Qashqadaryo viloyati soliq boshqarmasi tomonidan holat bo‘yicha xizmat tekshiruvi o‘tkazildi. Tekshiruvda xodimlarning maktab hududida noto‘g‘ri xatti-harakatlari aniqlandi. Nishon tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari I. Raximqulov rasmiy ogohlantirish berdi va xodimlar R. Nurmanov va B. Xazratqulovlarga Mehnat kodeksiga asosan “Hayfsan” intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi.

Qashqadaryo viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i tomonidan o‘tkazilgan kengaytirilgan yig‘ilishda barcha shahar va tuman soliq inspeksiyalari boshliqlari bunday holatlarga yo‘l qo‘yilmasligi haqida ogohlantirildi. Soliq qo‘mitasi matbuot xizmati ushbu holatni noo‘rin xatti-harakat deb hisoblaganini va keskin qoralaganini ta'kidladi.

Shuningdek, bolalar ombudsmani bolalar manfaatlarining buzilishi bo‘yicha holatni o‘rganmoqda. Ombudsman xabarida, “Maktab o‘quv jarayoni ishtirokchisi bo‘lmagan begona shaxslarning ta’limga oid tartib-qoidalarni qo‘pol ravishda buzishi va bolalarga noqonuniy talablar qo‘yishi mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan holatdir. Bolalar o‘z ota-onalarining soliqqa oid majburiyatlari uchun javobgar emas, ular bu jarayonga jalb qilinishi mumkin emas. Bunday harakatlarga yo‘l qo‘ygan mas’ullarga tegishli chora ko‘rilishi shart,” deb bildirildi.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logox-social-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img