Olmaotadagi boshlang‘ich maktab o‘quvchilari endi dars paytida qisqa muddatli uyqu olishi mumkin. O‘quvchilarning qulayligi uchun maxsus “uyqu stollari” ham joriy etilgan. Maktab maqsadi – zamon bilan hamnafas bo‘lib, o‘quvchilar salomatligiga ko‘proq e’tibor qaratish.
Mazkur tashabbus bolalarning uzoq vaqt davomida o‘tirishi salomatlikka zarar yetkazishi mumkinligi sababli amalga oshirilmoqda. Ba’zi bolalar maktabga uzoq masofadan kelib, erta turishlari va tirbandliklar tufayli charchashi inobatga olingan.
Maktab rahbariyati o‘quvchilarga 20 daqiqalik tanaffus paytida “uyqu stoli”da qisqa muddatli dam olish imkoniyatini yaratib, ular darslardan yanada samarali foydalanishini maqsad qilgan. O‘qituvchilarning ta’kidlashicha, bu usul orqali bolalarning sog‘lig‘iga ijobiy ta’sir ko‘rsatish, shuningdek, o‘quv jarayonida ularga yordam berish mumkin.
“Ushbu amaliyot bolalar sog‘lig‘iga qanday ta’sir ko‘rsatishini va darslarda ularning xulq-atvorini kuzatib boramiz,” – deydi o‘qituvchilardan biri.
Shuningdek, maktabda sun’iy intellektdan foydalanish ham maksimal darajada yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bu yangi tizim zamonaviy ta’lim jarayonining bir qismiga aylanishi kutilmoqda.