Nigeriyada bolalar avtobus halokatga uchradi

17.09.2024 20:28
eye icon10
Nigeriyada bolalar avtobus halokatga uchradi

Nigeriyaning Kaduna shtatida avtobusning halokatga uchrashi natijasida kamida 40 kishi halok bo‘ldi, qurbonlarning aksariyati bolalardir. Mahalliy "Punch" nashri xabar berishicha, 63 nafar bolani olib ketayotgan avtobus boshqa mashina bilan to‘qnashgan. Avtobus haydovchisi yuqori tezlik va ortiqcha yuk sababli boshqaruvni yo‘qotgan.

“15 nafar bola voqea joyida halok bo‘ldi, qolgan 48 nafari turli darajadagi tan jarohatlari oldi. Keyinchalik, o‘n kishi olgan jarohatlari tufayli vafot etdi, yana bir necha jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi, qurbonlar soni 40 nafarga yetdi”, deyiladi xabarda.

Yo‘l harakati xavfsizligi komissiyasi mahalliy bo‘limi rahbari Kabiru Nadabo avtohalokat beparvolik oqibatining dahshatli namunasi ekanligini ta’kidlab, haydovchilarni belgilangan tezlikka rioya qilishga chaqirdi. Kaduna shtati gubernatori Uba Sani qurbonlarning oila a’zolariga hamdardlik bildirib, jabrlanganlarga zarur tibbiy yordam ko‘rsatilishini va’da etdi. Mamlakat Yo‘l harakati xavfsizligi komissiyasi hodisa yuzasidan tekshiruv boshlagan.

Teglar

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img