Ona siz uchun kim?

08.03.2022 08:00
eye icon4552
Ona siz uchun kim?

Ona deganda shunchaki farzandni dunyoga keltirgan inson tushunilmaydi. Ona – farzand uchun butun bir jahon, dardkash va hech qachon yopilmaydigan eshikdir. Ona haqida gap ketganda, har bir farzanddan turlicha ta'rif eshitish mumkin. Kimdir onasini dunyodagi eng go'zal so'zlar bilan ulug'lasa, yana kimdir ta'riflashga so'z ojiz ekanini aytadi. Xo'sh, ona siz uchun kim?

Toshkent Shahar, Bektemir tumanida joylashgan 337-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi o'quvchilari bayram munosabati bilan “Men uchun onam…”, iborasini davom ettirgan holda, o'z onalariga dil izhorlarini yo'lladilar. Quyida shulardan namunalarni o'qishingiz mumkin.

“Men uchun onam...
Dunyo go'zalligini tariflab berish mumkindir. Ammo onamning go'zalligini emas...
Insonlar mehrini aytish osondir, ammo onamning mehrini emas...
Odamlar, sabringiz haqida hikoya ayting, lekin mening onamning sabrini ayta olmaysiz!”

Sa'dulla Yigitaliev,
7-sinf o'quvchisi.

“Men uchun onam...
Dunyodagi eng go'zal, chiroyli ayol bu -onajonim!
Meni dunyoga keltirib, oq yuvib, oq taradilar. Onam bu- jannat poyidagi taxt. Bu o'tkinchi dunyoda onam bor ekan, men baxtli va omadliman”.

Sevinch Xikmatullaeva,
8-sinf o'quvchisi.

“Men uchun onam...
Onajonim men uchun dunyodagi eng yaxshi va mehribon insondir! Meni dunyoga keltirib oq yuvib oq taraganlar, emay edirganlar.
Onajonim, mening jannatimsiz 
Umringiz uzoq bo'lsin!

Dunyolar kerakmas yonimda bo'lsa,
Ajinlar yarashgan xush chiroyligim.
Shodligim bir olam jilmayib kulsa!
Onam – boyligimdir, Onam – JANNATIM!”

Dildora To'lqinova,
8-sinf o'quvchisi.

“Men uchun onam...
Dunyodagi eng mehribon, go'zal, shirinso'z ayol bu mening onam. Onamsiz men dunyolarni, bir onimni ham tasavvur eta olmayman. Onamda bir hislat bor bu sabrlilik. Men bu hislatlariga har doim qoyil qolaman. Onamda bor sabr boshqa hech qaysi insonda yo'q. Onam meni jannatim. Onajonim meni baxtimga sog' va omon bo'ling”.

Sevinch Akbarxodjaeva,
7-sinf o'quvchisi.

"Men uchun onam...
Ona - bu siz ko'ra olmaydigan baxtdir! Ba'zi bir insonlar shu baxtni ham his etolmaydi. Men uchun hayot go'zal, chunki unda onam yashaydi. Hali shunday kunlar keladiki onam mendan doimo faxrlanib yashaydilar Inshaallah! Men buning uchun bor imkonimni ishga solaman! 
Onajonim boringizga shukr!"

Bahoroy Shuhratova,
6-sinf o'quvchisi.

Xo'sh, ona siz uchun kim? Ushbu savolga beradigan javoblaringiz va volidangizga aytmoqchi bo'lgan dil izhorlaringizni @bolalarolamiadmin va @bolalarolami_bot manzillariga yuborishingiz mumkin.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logox-social-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img