Kalit so‘z : Xorijiy

Nigeriyada bolalar avtobus halokatga uchradi

Nigeriyaning Kaduna shtatida avtobusning halokatga uchrashi natijasida kamida 40 kishi halok bo‘ldi, qurbonlarning aksariyati bolalardir. Mahalliy "Punch" nashri xabar berishicha, 63 nafar bolani olib ketayotgan avtobus boshqa mashina bilan to‘qnashgan. Avtobus haydovchisi yuqori tezlik va ortiqcha yuk sababli boshqaruvni yo‘qotgan.

17.09.2024 20:28