Ma'lumki, Prezident farmoni bilan 2021 yil 1 sentyabrdan amaldagi 14 yoshgacha bolalar uchun nafaqa va 2 yoshgacha bolani parvarish qilish nafaqasi o'rniga yagona bolalar nafaqasi joriy etilgan edi. Ushbu nafaqa yoshi 18 yoshgacha oshirilib, to'lov muddati 12 oygacha uzaytirilgan. Quyida bola puli olish jarayonida bilishingiz kerak bo'lgan ayrim masalalarga to'xtalib o'tamiz.
1. Bola puli olish uchun ariza namunasi xudud MFYda to'ldirib beriladi va ushbu to'ldirilgan ma'lumotnoma pensiya jamg'armasiga yuboriladi;
2. Yolg'iz ona bo'lsa, daromadlar to'g'risida ma'lumot so'ralmaydi. (Yolg'iz ona deganda boquvchisi yo'q, nikoxi qonuniy bekor qilingan ayollar tushuniladi)
3. Oilada 3 yoshga to'lmagan bola bo'lsa, onasidan ish xaqi to'g'risida ma'lumotnoma so'ralmaydi. Biroq turmush o'rtog'ining ish xaqi yoki o'zini-o'zi band qilinganligi xaqidagi ma'lumotnomasi bo'lishi kerak;
4. Bola puli 2021 yil 1 sentyabrdan boshlab, 3 yoshgacha bo'lgan bolaga 325 ming so'm, undan keyingisiga 150 ming so'm va undan keyingisiga 100 ming so'mdan xisoblanadi;
5. Oila kam ta'minlangan oila bo'lishi, oilaning xar bir a'zosiga to'g'ri keladigan daromadi 498 ming so'mdan oshmasligi lozim;
6. Oilada turmush o'rtog'i chet davlatda ishlayotgan bo'lsa, uning daromadi 1.644.000 so'm deb xisoblanadi. O'zini-o'zi band qilgan fuqaroni daromadi ham xuddi shu miqdorda xisoblanadi;
7. Oiladagi farzandlar 3 yoshdan oshgan bo'lsa va ushbu oila to'liq oila bo'lsa, er xotindan ish xaqi to'g'risida ma'lumotnomasi bo'lishi kerakligi talab qilinadi;
8. Bola puli yuzasidan MFYga berilgan ariza, pensiya jamg'armasiga yo'llangach, 1 oy ichida avtomatik tarzda daromad va boshqa xolatlari aniqlanadi. Bunda inson omili aralashmasdan, komp'yuter baza orqali aniqlagan ma'lumotlar asosida tayinlanadi yoki rad qilinadi;
9. O'zini-o'zi band qilgan fuqarolar, band qilinganligi, ro'yxatga olinganligi aniq bo'lgach, bola puliga ariza berishlari kerakligiga, bunda daromadi 1.644.000 so'm deb xisoblanishiga, e'tiborlarini oila a'zosiga tushadigan daromad 498 ming so'mdan oshib ketmasligiga rioya qilish lozim;
10. Oilani daromadiga, 7 yil to'lmagan transport vositasi, nomida ikkita uy yoki qo'shimcha bino bo'lishi, qo'shimcha er maydoni va tomorqalar, sonidan kelib chiqib, qoramol, sigir va qo'y echkilar ham oila daromadi xisobiga olinishini inobatga olishlari kerak.
Bola nafaqasi va moddiy yordam tayinlash shartlari bo'yicha batafsil bu erda tanishishingiz mumkin.