Xodim 2-sinf o‘quvchilaridan soliqlarni to‘lab qo‘yishni so‘radi

04.09.2024 16:06
eye icon101
Xodim 2-sinf o‘quvchilaridan soliqlarni to‘lab qo‘yishni so‘radi
Qashqadaryo viloyati Nishon tumanidagi 14-maktabda Soliq inspeksiyasi xodimi 2-sinf oʻquvchilaridan soliqlarni toʻlab qoʻyishni talab qilgani haqida video tarqaldi.

“Yangi oʻquv yili bilan hammangizni tabriklayman, oʻqishingizga omad. Biz Nishon tuman soliq inspeksiyasidan kelyapmiz. Sizlarga eslatma bu. Hammangiz ota-onangizga olib borasiz. Yashab turgan joyingizning mol mulk va yer soliqlarini soliq inspeksiyasiga borib, yoki telefonda soliq ilovasidan toʻlashlari kerak. Shuni iltimos qilasizlar. Uy kimning nomida boʻlsa, borib, hisoblab toʻlaydi”, deydi xodim.

Bolalar ombudsmani ushbu holatni o‘rganayotganini haqida Bolalarolami.uz'ga quyidagilarni bildirdi.

Unga ko'ra, Bolalar ombudsmani maktab o‘quv jarayoni ishtirokchisi bo‘lmagan begona shaxslarni ta’limga oid tartib-qoidalarini qo‘pol ravishda buzgan holda dars jarayoniga kirib borishi va uni buzishi, bolalarga qandaydir noqonuniy talablar bilan murojaat qilishini mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan holat deb hisoblaydi.

"Bolalar o‘z ota-onalarining soliqqa oid majburiyatlari uchun javobgar emas, hech bir holatda ularni bu jarayonga jalb qilish, ogohlantirish mumkin emas! Bu bolaning Konstitutsiya va qonun bilan qo‘riqlanadigan huquq va manfaatlariga ziddir. Bunday nojo‘ya harakatlarga yo‘l qo‘ygan mas’ullarga tegishli tarzda chora ko‘rilishi shart", – deyiladi Bolalar ombudsmani Axborot xizmati xabarida.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logox-social-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img