Qirg‘iziston pedofillar uchun jazoni kuchaytirdi

24.05.2024 10:46
eye icon67
Qirg‘iziston pedofillar uchun jazoni kuchaytirdi
Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov voyaga yetmaganlarni zo‘rlaganlik uchun jazoni kuchaytiruvchi qonunni imzoladi, xususan, 60 yoshdan oshgan fuqarolar bunday jinoyatlar uchun umrbod qamoq jazosiga hukm qilinadi. Bu haqda Qirg‘iziston davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Qirg‘iziston Respublikasining Jinoyat kodeksi va Qirg‘iziston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodekslarga kiritilgan o‘zgartirishlar jinoyat sodir etgan paytda 60 yoshga to‘lgan erkaklarni umrbod ozodlikdan mahrum etishni nazarda tutadi. Gap "bolaning jinsiy daxlsizligi va jinsiy erkinligiga qarshi" jinoyat sodir etganlar haqida bormoqda. Ilgari 60 yoshdan oshgan shaxslar bunday jinoyatlar uchun umrbod qamoq jazosiga hukm qilinmas edi.

“Qonun bilan Qirg‘iziston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga o‘zgartishlar kiritildi. Unga ko‘ra, jazoni o‘tashga to‘sqinlik qiladigan og‘ir kasallik mavjudligiga qaramay, bolaning jinsiy daxlsizligi va jinsiy erkinligiga qarshi jinoyat sodir etganlik uchun sud tomonidan jazo tayinlangan holda ayblov hukmi chiqarilishi belgilab qo‘yilgan”, deyiladi xabarda.

O‘zgartirishlar parlament tomonidan 11-aprel kuni qabul qilingan. Qirg‘izistonda umrbod qamoq jazosi eng yuqori jazo hisoblanadi.

Avvalroq, Qirg'izistonda pedofillarni umrbod qamash taklif etilayotgani haqida xabar bergan edik. Shuningdek, Qozog'iston ham bu holatda umrbod qamoqni rejalashtirmoqda.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img