Qozog‘iston pedofillarni umrbod qamashni rejalashtirmoqda

21.02.2024 12:32
eye icon1035
Qozog'iston pedofillarni umrbod qamashni rejalashtirmoqda

Qozog'iston parlamenti Majilisi (quyi palatasi) birinchi o'qishda qonun hujjatlariga ayollar huquqlari va bolalar xavfsizligini ta'minlashga oid tuzatishlarni qabul qildi. Ular pedofiliya va bolalarni o'ldirish uchun umrbod qamoq jazosini nazarda tutadi. Bu haqda parlament matbuot xizmati xabar berdi.

“Voyaga etmaganlarni qiynoqlarga solish yoki sog'lig'iga og'ir va o'rtacha og'irlikdagi zarar etkazganlik uchun jinoiy javobgarlik kuchaytirilmoqda, xususan, ozodlikni cheklash tarzidagi muqobil jazo turi bundan mustasno. Voyaga etmagan bolani o'ldirish yoki pedofiliya uchun muqobil bo'lmagan jazo – umrbod qamoq jazosi joriy etiladi”, deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, qasddan badanga engil shikast etkazish va kaltaklash uchun jinoiy javobgarlikni joriy etish taklif qilinmoqda. Ilgari bu jinoyatlar uchun ma'muriy javobgarlik nazarda tutilgan edi.

Qonun hujjatlariga kiritilgan o'zgartishlarda o'z joniga qasd qilishga undaganlik uchun besh yildan to'qqiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan jinoiy javobgarlikni belgilash taklif etilmoqda. Shuningdek, o'z joniga qasd qilishga targ'ib qilganlik uchun 200 oylik hisob-kitob ko'rsatkichi (1,6 ming dollardan ortiq) miqdorida jarima solish tarzida jinoiy javobgarlik joriy etilmoqda. Bundan tashqari, voyaga etmagan shaxsga, jumladan, internet tarmog'ida zo'ravonlik qilganlik uchun 10 oylik hisob-kitob ko'rsatkichi (81 dollar) miqdorida jarima solish bilan ma'muriy javobgarlik joriy etilmoqda.

Qonun loyihasi ustidagi ishlar parlamentning tegishli qo'mitasida davom etadi.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img