Bayrutga qilingan hujumda bolalar jarohatlandi

18.11.2024 17:09
eye icon18
Bayrutga qilingan hujumda bolalar jarohatlandi
Isroil armiyasi Livan poytaxti Bayrutning ikkita markaziy tumaniga hujum uyushtirdi, natijada olti kishi halok bo‘ldi, 36 kishi yaralandi, deb xabar beradi Anadolu.

Livan Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Ras al-Neba va Mar Ilyas hududlari o‘qqa tutilgan.

Hujum 17 noyabr, yakshanba kuni sodir bo‘lgan. Kun davomida Ras-an-Nebaga uyushtirilgan hujumda 4 kishi halok bo‘ldi, yana 14 kishi, jumladan, ikki bola yaralandi.

O‘sha kuni kechqurun Isroil armiyasi Mar Ilyasga qarata o‘t ochdi, natijada ikki kishi halok bo‘ldi, 22 kishi yaralandi.

Bir kun avval Isroil armiyasi Ras-an-Nebadagi binoga qarata o‘t ochgani, natijada Livandagi “Hizbulloh” harakati vakili Muhammad Afifi o‘ldirilgani xabar qilingan edi.

Livanning NNA axborot agentligiga ko‘ra, hujum nishoni Arab sotsialistik “Baas” partiyasining ofisi joylashgan yetti qavatli bino bo‘lgan.

Shuningdek, Mar Ilyasdagi elektronika do‘koni hujum bo‘lgan, hududda uzoq vaqtdan beri tutun ko‘tarilayotgani ma’lum qilingan.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logox-social-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img