Xitoylik ota-onalarning taxminan 64 foizi o‘z farzandlarining xudbinligidan xavotirga tushishi aniqlandi. Mazkur tadqiqot 1992 nafar respondentlarning fikriga asoslangan.
2020-yilda Xitoyda o‘tkazilgan tadqiqot so‘rovnomasida ishtirok etgan ota-onalarning qariyb 64 foizi o‘z farzandlarining xudbinlikka moyilligi ortib borayotganiga ishonishlarini aytishgan.
Shuningdek, tadqiqotning 1992 nafar ishtirokchilarining aksariyati bolalari ko‘r-ko‘rona tendensiyalarga ergashishi va butlarga ishonishidan xavotirda ekanini ma’lum qilgan.
So‘rovda qatnashganlarning 71 foizdan ortig‘i odobli farzandlar tarbiyalashda ota-onalar o‘z harakatlari bilan ijobiy o‘rnak bo‘lishlari kerakligini, yana 58,4 foizi farzandlari bilan imkon qadar ko‘proq vaqt o‘tkazish muhimligini ta’kidlagan.