Yong‘in natijasida 5 nafar bola halok bo‘ldi

14.10.2024 13:43
eye icon50
Yong‘in natijasida 5 nafar bola halok bo‘ldi
Qozog‘istonda sodir bo‘lgan yong‘in 5 nafar bolaning hayotiga zomin bo‘ldi. Bu haqda “Tengrinews” xabar berdi.

Qayd etilishicha, holat kecha, 11-oktyabr kuni ertalab soat 4:29 da Qo‘stanay viloyati Jitikara shahrida joylashgan shaxsiy tomorqa hududida sodir bo‘lgan. Yong‘in oqibatida turar-joy binosi tomi qulagan.

7 daqiqadan so‘ng qutqaruvchilar voqea joyiga etib borgan, uy butunlay yonib ketgan. Soat 6:08 da yong‘in qamrab olinib, to‘liq o‘chirilgan.

“Vayronalarni tozalash jarayonida 2011, 2016, 2018, 2019, 2022, 2023-yillarda tug‘ilgan voyaga etmagan 5 nafar bolaning jasadi topildi”, deyiladi xabarda.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, o‘sha payt bolalarning onasi dugonasinikida, otasi esa qamoqda bo‘lgan. Hozirda mutaxassislar hodisa sabablarini o‘rganmoqda.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logox-social-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img