Krishtianu Ronalduning farzand tarbiyasidagi yondashuvi

18.09.2024 09:42
eye icon10
Krishtianu Ronalduning farzand tarbiyasidagi yondashuvi
Har bir ota-ona farzandining kelajagiga mas'uliyat bilan yondashishi uning yaxshi kamol topishi va muvaffaqiyatga erishishidagi muhim omillardan biri hisoblanadi. Farzand tarbiyasi esa murakkab va e’tibor talab qiladigan jarayon bo‘lib, futbol o‘ynash kabi oson emas. Hatto yulduzlar ham ba’zan bu jarayonda turli tajribalar o‘tkazishga majbur bo‘ladi. Mashhur futbolchi Krishtianu Ronaldu ham otalik tajribasi va farzandlari bilan duch kelgan qiyinchiliklarini oshkor qildi.


Krishtianu Ronaldu: 
Ronaldu nafaqat futbol maydonida yulduz, balki farzandlariga mehrli ota sifatida ham tanilgan. Uning farzandi bo‘lish oson ish emas, ayniqsa, sport kabi yuqori talabchan sohada. Ammo futbol qirolining o‘zi bolalarini hech qachon biror ishga majburlamaydi. U farzandlariga o‘z hayot yo‘lini erkin tanlashlari uchun imkoniyat yaratadi va doimo ularni qo‘llab-quvvatlashini ta’kidlaydi.


Ronaldu bu borada shunday deydi: "Farzandlarim qaysi kasb egasi bo‘lishini faqat vaqt ko‘rsatadi. Men ularga hayotiy yo‘lini tanlashda hech qachon bosim o‘tkazmayman. Ular istaganini qilsin. Asosiysi, ular baxtli bo‘lsa bas. Bolalarim qanday yo‘lni tanlamasin, men ularni doimo qo‘llab-quvvatlayman."


Kichik Krishtianu: 
Krishtianu Ronalduning o‘g‘li kichik Krishtianu ham otasining izidan borishni istayotgan ko‘rinadi. U ham futbolga qiziqish bildiradi va otasidan ba’zi saboqlarni olishni boshlagan. Ronaldu o‘g‘lining futboldagi potensialini yuqori baholaydi va bu borada shunday deydi: "U futbolda xuddi men kabi bo‘lishiga yuz foiz ishonchim komil. Hozircha men unga ba’zi saboqlarni berib bormoqdaman."


Ronaldu uchun eng muhimi, farzandlarining o‘z tanlovlarini mustaqil qilishlari va baxtli bo‘lishlaridir. Shu sababli, u farzandlariga yo‘l ko‘rsatish bilan birga, ularni hech qachon majburlamaslikka harakat qiladi.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img