Rossiya maktablarida hijobni taqiqlovchi qonun loyihasi rad etildi

17.09.2024 18:05
eye icon26
Rossiya maktablarida hijobni taqiqlovchi qonun loyihasi rad etildi

Rossiya hukumati Davlat dumasi deputati Vladislav Davankov tomonidan taklif etilgan qonun loyihasini qo‘llab-quvvatlamadi. Mazkur qonun maktablar va mahalliy hokimiyatlarga diniy liboslar, jumladan, hijoblarni mahalliy darajada taqiqlash huquqini berishni nazarda tutgan edi.

Hukumat qonunchilikda "diniy libos", "diniy atributlar yoki diniy ramzlarga ega kiyim" kabi tushunchalarga aniq izoh berilmagani sababli qonun loyihasini qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortgan. Rasmiylar bunday tushunchalarning noaniqligi huquqni qo‘llash amaliyotida muammolarni yuzaga keltirishi mumkinligini ta’kidladilar.

Shuningdek, hukumat tomonidan bu tuzatishlar davlat va din o‘rtasidagi aloqalarga ham ta’sir qilishi, jamiyatda tushunmovchilik va nizolarni keltirib chiqarishi mumkinligi qayd etildi. Shu sababli, Rossiya hukumati deputat tomonidan kiritilgan qonun loyihasini ma’qullamadi va uni takomillashtirish zarurligini bildirdi.

Bu qaror Rossiya jamiyatida hijob va boshqa diniy atributlar masalasi bo‘yicha davom etayotgan muhokamalarning bir qismi sifatida qabul qilinmoqda.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img