Elektron doskalar xarajati o‘qituvchilar zimmasidami?

11.09.2024 19:56
eye icon37
Elektron doskalar xarajati o‘qituvchilar zimmasidami?

Samarqand viloyati, Ishtixon tumanida yashovchi o‘qituvchi Rasul Kusherbayevning murojaat kanaliga shikoyat bilan murojaat qildi. Uning aytishicha, tuman maktablariga qiymati 18 million so‘m bo‘lgan elektron doskalar tarqatilmoqda, lekin bu jarayon o‘qituvchilar va o‘quvchilarga noqulaylik keltirishi mumkin.

O‘qituvchining so‘zlariga ko‘ra, oddiy doskalar yetishmayotgan bir paytda elektron doskalar olish qanchalik zarurligi haqida savollar tug‘ilmoqda. Eng katta xavotir shundaki, bu doskalarni sotib olish xarajati maktabning o‘z byudjetidan yoki o‘quvchilar va o‘qituvchilar zimmasiga yuklanishi mumkin.

"Oddiy doskalar yetishmayotgan bo‘lsa, elektron doskalarni olish qanchalik o‘zini oqlaydi?" deydi o‘qituvchi. Uning fikricha, bu mablag‘ni ta’lim sifatini oshirish uchun samarali uskunalarga, masalan, xorijiy tillarni o‘rganishda audio jihozlarga sarflash maqsadga muvofiq bo‘lar edi.

Maktablarda darsliklar yetishmovchiligi va boshqa moddiy muammolar mavjud bo‘lib, bu kabi qarorlar o‘qituvchilar va o‘quvchilar uchun qo‘shimcha bosim yaratmoqda. Shuningdek, noqonuniy ravishda pul yig‘ish holatlari ham yuzaga kelishi ehtimoli o‘rtaga chiqadi.

O‘qituvchi masalani tegishli idoralarga yetkazib, maktablarga berilgan elektron doskalar bepul yoki nol qiymat bilan taqdim etilishini so‘ramoqda. Shu bilan birga, bu kabi tashabbuslar ta’lim sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini ta’minlash kerakligini ta’kidlaydi.

Tegishli mutasaddilar bu muammo yechimini tez fursatda hal qilishadi degan umiddamiz!

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img