Suratlarda qolib ketgan bolaligim...

07.07.2022 19:10
eye icon1618
Suratlarda qolib ketgan bolaligim...

Qariyb har bir katta yoshdagi inson o'z bolaligini qo'msaydi. Imkoni bo'lsa, o'sha beg'ubor bolalikka qaytgisi keladi. Quyidagi she'r esa aynan bolalik yillarini yodga soladi.

 

Qayda qoldi sof, beg'ubor bolaligim,

Oqib ketdi men cho'milgan ariqlarda!

Qolgan yodi, shiringina hayollari,

Yashayapti yurakdagi yoriqlarda.

 

Izlasam ham topilmasdi hech muammo,

Otajonim elkasidan tushmas edim,

Endi esa mehribonlar serob, ammo,

Bir erkalik qilishga hech sig'mas haddim!

 

Harhashalar qilar edim haddan oshib,

So'zim so'zu, istaklarim qonun edi!

Kim nechaning ko'ngli bilan hisoblashib,

Iltifotlar qilishim shart o'zim endi!

 

Zolim yillar o'sha jajji qizaloqni,

Turmush degan og'ir yo'lga boshlab ketdi,

Bu dunyoning tashvishlari behijolat,

Yuzlarimga izlarini tashlab ketdi!

 

Tongda qo'ngan shudringdan ham eding toza,

Farishtadek gullardan ham eding so'lim.

Tushlarimga kirib turgin hech bo'lmasa,

Suratlarda qolib ketgan bolaligim!

 

Malika Salimova

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logox-social-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img