O‘qituvchilarga ovoz yig‘dirgan direktor jazolandi

11.09.2024 09:52
eye icon105
O‘qituvchilarga ovoz yig‘dirgan direktor jazolandi
Buxoro viloyatining Romitan tumanidagi 18-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabi direktori o‘qituvchilarni "Tashabbusli budjet" loyihasi uchun ovoz yig‘ishga majburlagani uchun 34 million so‘m miqdorida jarimaga tortildi. Bu haqda Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari bo‘yicha milliy komissiya o‘z xabarida ma'lum qildi.

Milliy komissiya tashabbusi bilan ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ma'lumotlar asosida “Tashabbusli budjet” loyihasida ayrim soha vakillarining, xususan, o‘qituvchilarning majburiy ravishda ovoz yig‘ish jarayoniga jalb qilingani holatlari atroflicha o‘rganildi.

Davlat mehnat inspektsiyasi tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv natijalariga ko‘ra, Romitan tumanidagi 18-sonli maktab direktori o‘z o‘qituvchilarini lavozim yo‘riqnomasiga kirmaydigan vazifa — “Tashabbusli budjet” loyihasi uchun ovoz yig‘ishga majburlagan. Ushbu majburiy ish harakatlari qonunbuzarlik deb topilib, direktorga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari, ya'ni 34 million so‘m miqdorida ma'muriy jarima belgilandi.

Milliy komissiya ushbu holat yuzasidan barcha rahbarlar va ish beruvchilarni xodimlarning konstitutsiyaviy huquqlarini hurmat qilishga va ularni o‘z vazifasiga kirmaydigan ishlarga jalb qilmaslikka chaqirdi.

Ushbu voqea maktab va boshqa tashkilot rahbarlari uchun muhim saboq bo‘lib, har bir xodimning mehnat huquqlariga rioya qilish kerakligini yana bir bor eslatadi.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logox-social-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img