AQSHning Jorjiya shtati rasmiylari maktabda to‘rt kishini otib o‘ldirgan 14 yoshli o‘smirning 54 yoshli otasi Kolin Greysni
hibsga oldi.
Erkak o‘g‘liga hujumda qo‘llanilgan qurolni bilib turib undan foydalanishga ruxsat berganlikda ayblanmoqda. O‘smirning otasi beixtiyor odam o‘ldirish, ikkinchi darajali qotillik va bolalarga zo‘ravonlik qilishda ayblangan. 14 yoshli o‘g‘li Kolt Greys esa to‘rtta o‘lim qotilligida ayblanmoqda.
Ota va o‘g‘il ustidan sud jarayoni bugun, 6-sentyabrda boshlanadi. Jinoyatning jiddiyligini inobatga olgan holda, Kolt voyaga yetganida sudlanadi, bu AQSHda bunday hodisalarda odatiy holdir.
Nashrga ko‘ra, otaga qo‘yilgan ayblovlar Amerikadagi maktab otishmalariga qarshi kurash bo‘yicha yangi strategiyaning bir qismidir. Masalan, aprel oyida michiganlik o‘smirning ota-onasi o‘g‘li to‘rt sinfdoshini otib o‘ldirgani uchun qotillik aybi bilan 10 yildan 15 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilingan edi. AQSH Ichki xavfsizlik departamenti tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, maktabda otishma sodir etganlarning 75 foizi o‘z hujumlarida uydan olib qo‘yilgan qurollardan foydalangan.
2023-yil may oyida politsiya Kolin va Kolt Greysni otishma sodir etish bilan tahdid qilganlikda gumon qilib so‘roqqa tutgan. O‘shanda Grey internetda maktabda otishma uyushtirish bilan tahdid qilgani haqidagi anonim xabarlar yuzasidan politsiya tomonidan so‘roq qilingan.
Ma’lumot uchun, so‘nggi 20 yil ichida Qo‘shma Shtatlarda maktab va kollejlarda yuzlab otishma sodir bo‘ldi. Bu amerikaliklarning qurol saqlash va olib yurish qonuniy huquqi haqidagi bahslarni kuchaytirdi. Negaki, qonun AQSH konstitutsiyasining ikkinchi tuzatishida mustahkamlangan.