Fransiya ta’lim vaziri Nikol Bellube Parij yaqinidagi maktablardan biriga tashrif buyurdi: joriy yildan boshlab “raqamli transformatsiya” amalga oshirilayotgan mamlakatda ikki yuzta ta’lim muassasasidan biridir. U yerda o‘quvchilarga nafaqat dars vaqtida, balki tanaffus vaqtida ham mobil telefonlardan foydalanish taqiqlanadi, deb yozadi Euronews.
Gʻoya mualliflarining ta’kidlashicha, bu nafaqat diqqatni darsga qaratishga xalaqit beradi, balki kiberbullingni ham kamaytiradi.
Fransiya o‘quvchilarga dars vaqtida telefonlaridan foydalanishni taqiqlash bo‘yicha ko‘plab Yevropa mamlakatlari yetakchisi hisoblanadi. Agar tajriba muvaffaqiyatli o‘tsa, yanvar oyidayoq barcha fransuz maktablarida mobil telefonlarga to‘liq taqiq joriy etilishi mumkin.