Navoiyda maktab va bog‘chalar soni oshdi

03.09.2024 10:24
eye icon35
Navoiyda maktab va bog‘chalar soni oshdi
Navoiy viloyatida ayni vaqtda 377 ta umumta’lim maktablari va 224 ta Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu haqda viloyat maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko'ra, viloyat bo‘yicha turli davlat dasturlari doirasida 2024 yilda 4 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti yangidan barpo etildi va 4 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti rekonstruksiya qilindi. Natijada 570 ta tarbiyalanuvchi o‘rni yaratilgan bo‘lsa, 660 ta mavjud tarbiyalanuvchilar o‘rni qayta rekonstruksiya qilindi. 

Boshqarma xabarida aytilishicha, ushbu qurilish-ta’mirlash ishlariga 33,1 mlrd so‘m mablag‘ yo‘naltirildi va to‘liq jihozlab berildi.

Shuningdek, 21 ta umumta’lim maktablarida: 5 ta yangi qurilish, 14 ta rekonstruksiya va 2 ta mukammal ta’mirlash ishlari amalga oshirilgan. Buning natijasida 5 742 ta o‘quvchi o‘rni yaratilgan bo‘lsa, 3 304 ta mavjud o‘quv o‘rinlari mukammal ta’mirlanib, mazkur ishlarga 149,1 mlrd so‘m mablag‘ sarflangan.

"Joriy yilning birinchi yarmida "Tashabbusli byudjet" mablag‘lari hisobidan 37 ta ta’lim tashkilotlarida 40,8 mlrd so‘m mablag‘ doirasida qurilish ta’mirlash ishlari amalga oshirildi", – deyiladi xabarda.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img