Jazoni o‘tagan ota 37 million aliment to‘ladi

02.09.2024 15:32
eye icon23
Jazoni o‘tagan ota 37 million aliment to‘ladi
Toshkent viloyatida ota 1 nafar farzandi uchun 37 million soʻm aliment toʻlab berdi.

Bildirilishicha, byuroning Zangiota tuman boʻlimi ish yurituviga fuqarolik ishlari boʻyicha Shayxontohur tumanlararo sudining qaroriga asosan F.Yu., undiruvchi N. Q. foydasiga 1 nafar voyaga yetmagan farzandi taʼminoti uchun daromadining ¼ qismi miqdorida aliment undirish boʻyicha ijro hujjati kelib tushgan.

Boʻlim davlat ijrochilari tomonidan olib borilgan ijro harakatlari davomida qarzdor F.Yu. aliment pullarini toʻlashdan boʻyin tovlab Byuro xodimining talablarini bajarmagan. Shundan soʻng tegishli tartibda unga nisbatan maʼmuriy jazo choralari qoʻllanilgan.

Qarzdor ota jazoni oʻtagach, oʻziga tegishli xulosani chiqarib, 1 nafar farzandi uchun yigʻilib qolgan 37 million soʻm aliment pullarini Mustaqillik bayrami arafasida toʻlab bergan.

Teglar

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img