Maktablarda Huquq fani chuqurroq o‘rgatiladi

01.09.2024 12:54
eye icon83
Maktablarda Huquq fani chuqurroq o‘rgatiladi
Joriy yilning 27-avgust kuni "Davlat taʼlim muassasalarida yuridik taʼlimning uzluksiz tizimini joriy etish hamda voyaga yetmagan yoshlarning huquqiy madaniyati va savodxonligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 532-sonli Hukumat qarori qabul qilindi.

Unga koʻra, 2024/2025 oʻquv yilidan bosqichma-bosqich umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida “Davlat va huquq asoslari” fani chuqurlashtirib oʻqitiladigan variativ oʻquv rejalari asosida zamonaviy koʻrgazmali oʻqitish vositalari bilan taʼminlangan “Huquq sinflari” tashkil etiladi.

Umumtaʼlim muassasalari huquq fanidan dars beradigan oliy yuridik maʼlumotga ega boʻlmagan pedagog xodimlarni bepul asosda 2026-yil yakunigacha bosqichma-bosqich yuridik mutaxassislik boʻyicha qayta tayyorlanadi.

Huquq fanidan dars beradigan pedagog xodimlarning malakasini oshirib borish maqsadida 2024-yil 1-noyabrgacha uzluksiz kasbiy rivojlantirish platformasi yaratiladi.

2024/2025 oʻquv yilidan umumtaʼlim muassasalarida “Davlat va huquq asoslari” fanidan dars beradigan pedagog xodimlar uchun “Eng yaxshi huquq oʻqituvchisi” respublika koʻrik tanlovi oʻtkaziladi.

“Huquq sinfi”ga oʻquvchilar “Davlat va huquq asoslari” faniga qiziquvchi 8-sinf oʻquvchilari orasidan saralab olinadi.

2024/2025 oʻquv yilidan boshlab “maktab-litsey-texnikum-universitet” uzluksiz taʼlim tizimi asosida akademik litseylarni muvaffaqiyatli tugatgan oʻquvchilar test sinovlarisiz toʻgʻridan-toʻgʻri yuridik texnikumlarga qabul qilinadi.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logox-social-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img