Starlink orqali Qozog‘istondagi 1,8 ming maktab internet bilan ta‘minlandi

31.08.2024 16:31
eye icon29
Starlink orqali Qozog'istondagi 1,8 ming maktab internet bilan ta'minlandi
Qozog‘iston hukumati SpaceX kompaniyasining Starlink terminallari yordamida deyarli 1,8 ming maktabni internetga uladi.

“Raqamli infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha faol ishlar olib borilmoqda, bugungi kunda 1757 ta maktabda “Starlink” sun’iy yo‘ldoshli internet tarmog‘i o‘rnatildi, buning natijasida 122 ta maktabda internet tarmog‘iga ulanish ishlari tugallandi. Shu vaqt ichida maktab o‘quvchilari uchun 11 platformada mavjud bo‘lgan barcha darsliklar va elektron versiyalarini raqamlashtirish tugallandi”, — deyiladi hukumat matbuot xizmati xabarida.
Matbuot xizmati, shuningdek, joriy yilda Qozog‘istonning 15 universitetida Generative AI dasturi doirasida 12 ming talaba uchun sun’iy intellekt bo‘yicha Google kurslari joriy etilayotganini ta’kidladi. Shu bilan birga, Google for Education pilot loyihasida ikkita oliy ta’lim muassasasi ishtirok etadi.

Starlink — bu internet qimmat yoki umuman mavjud bo'lmagan joylarda yuqori tezlikdagi internetga kirishni ta'minlash uchun SpaceX tomonidan joylashtirilgan global sun'iy yo'ldosh tizimi.

Hozirda orbitada 4500 dan ortiq  Starlink sun’iy yo‘ldoshlari mavjud.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img