Yaponiyada tug‘ilish darajasi pasayishda davom etmoqda

31.08.2024 12:33
eye icon35
Yaponiyada tug‘ilish darajasi pasayishda davom etmoqda
Yaponiyada 2024 yilning birinchi yarmida tug‘ilish rekord darajaga tushib, 350 ming bolani tashkil qildi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib, “The Japan Times” xabar berdi.

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, tug‘ilish darajasi 2023 yilning hozirgi davriga nisbatan 5,7 foizga kamaygan. Bu 1969 yil statistika yuritila boshlagandan beri eng past ko‘rsatkich sifatida qayd etildi.

Statistika chet elda yaponiyalik tug‘ilgan bolalar va Yaponiyada tug‘ilgan xorijliklarning farzandlarini ham o‘z ichiga oladi. Agar tug‘ilishning pasayish tendensiyasi davom etsa, mamlakatda bir yilda birinchi marta 700 mingdan kam bola tug‘ilishi mumkin.

Kecha, 30 avgust kuni e’lon qilingan hisobotda aytilishicha, birinchi yarim yillikdagi ko‘rsatkich ketma-ket uchinchi yil uchun 400,000 dan kam bo‘lgan. Shu bilan birga, xuddi shu davrda turmush qurgan juftliklar soni 0,9 foizga o‘sib, ikki yil ichida birinchi marta 248 513 nafarga yetgan. O‘lganlar soni 1,8 foizga o‘sib, 811 819 kishini tashkil qilgan. Bu esa mamlakat aholisining tabiiy kamayishiga ya’ni o‘lim sonining tug‘ilganlar sonidan oshib ketishiga olib kelmoqda.

Xabarga ko‘ra, tug‘ilganlarning yillik soni 2022 yilda birinchi marta 800 000 nafardan kam bo‘lgan va 2023 yilda 727 277 ga tushib, ketma-ket sakkizinchi yil rekord darajadagi pasayish qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2023-yil Yaponiyada 731 ming chaqaloq tug‘ilgan va bu 2022-yilga nisbatan 9 foizga kamaygan edi. 

Ma'lumot uchun: Yaponiyada tug'ilishlar sonining kamayishi ketma-ket sakkiz yildan beri davom etmoqda.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img