Vazir O‘zbekistonda maktablar yetishmovchiliga haqida gapirdi

29.08.2024 09:19
eye icon44
Vazir O‘zbekistonda maktablar yetishmovchiliga haqida gapirdi
28-avgust kuni “Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan amalga oshirilgan ishlar va tizimdagi muhim islohotlar” mavzusiga bagʻishlangan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi. Unda qatnashgan jurnalist va blogerlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

"Oʻquvchi oʻrniga katta ehtiyoj bor. Birgina misol: bu yil bizda 398 mingga yaqin oʻquvchilar maktabni bitirdi. Lekin joriy yil hisobidan 1-sinfga rejaga koʻra 719 ming nafar oʻquvchi qabul qilinadi. Shundan bilish mumkinki, yana 2 karra koʻproq oʻquvchi oʻrniga ehtiyoj bor.

Hozirgi kunda Maktabgacha va maktab taʼlim vazirligi tizimida bir yarim yildan buyon har bir hudud kesimida 1, 2 va 5 yilga qadar qancha maktablarga qoʻshimcha bino qoʻshish kerakligi boʻyicha demografik analitiklar guruhi tashkil qilingan.

Alohida taʼkidlash kerakki, bu yilgi Investitsiya dasturida ham 181,5 ming oʻquvchi oʻrni qurib, bitirish reja qilingan. Oʻtgan yillari 118 ming oʻquvchi oʻrni yaratilgan edi. Yaʼni, raqamlar yildan yilga oshib bormoqda", — dedi vazir Hilola Umarova.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img