G‘azo bolalarini emlash 31-avgustdan boshlanadi

28.08.2024 14:47
eye icon29
G‘azo bolalarini emlash 31-avgustdan boshlanadi
Xalqaro gumanitar tashkilotlar 31-avgust kuni poliomiyelitga qarshi emlashning birinchi bosqichini boshlaydi. Bu haqda Falastin Qizil Yarim Oy Jamiyati ma’lum qildi.

Bildirilishicha, ushbu jarayon davomida 640 ming bola emlanadi.

“Bir qancha xalqaro va mahalliy tashkilotlar bilan hamkorlikda emlash kampaniyasi 2024 yil 31 avgustdan boshlanadi va yetti kun davom etadi. Bu G‘azo sektoridagi 640 mingga yaqin bola, jumladan, Xon Yunus va Rafahdagi 200 ming bolaga yordam beradi”, – deyiladi xabarda.

Jamiyat vaksinalarni saqlash uchun Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg‘armasidan (UNICEF) to‘rtta maxsus muzlatgichni oldi – Falastin Qizil Yarim Oy Jamiyati omborlari Xon Yunus va Rafahdagi dori vositalarini saqlash uchun asosiy punkt bo‘ladi.

16-avgust kuni Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligi G‘azo sektorining markaziy qismida 10 oylik chaqaloqda poliomiyelit kasalligining birinchi tasdiqlangan holati qayd etilganini ma’lum qildi.

Bir necha soat oldin JSST va UNICEF qo‘shma bayonotida G‘azoda poliomiyelitga qarshi ikki bosqichli emlash kampaniyasi avgust oxiri va sentyabr oylarida o‘tkazilishini e’lon qilgan edi.

BMT Bosh kotibining rasmiy vakili Stefan Dyujarrik 27-avgust kuni BMT G‘azo sektorida emlash ishlari olib boriladigan 11 ta tibbiyot markazini ishga tushirishga tayyorlanayotganini ma’lum qildi. Uning hisob-kitoblariga ko‘ra, 640 mingdan ortiq 10 yoshgacha bo‘lgan bolalar emlanadi.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img