“Tolibon” qizlar ta‘limiga oid savol berishni taqiqladi

28.08.2024 09:08
eye icon53
“Tolibon” qizlar ta'limiga oid savol berishni taqiqladi
“Tolibon” oliy taʼlim vaziri Neda Muhammad Nadim tegishli buyruq chiqqunga qadar qizlar taʼlimi haqida “soʻrash” taqiqlanganini aytdi.

Nadim “Tolibon” harakatning hech bir buyrugʻi shariatga zid emasligi, universitetlar va 6-sinfdan yuqori qizlar uchun maktablarning ochilishi bir necha hafta yoki oy ichida hal qilinmasligini taʼkidlagan. U qizlar taʼlimi masalasi boʻyicha diniy ulamolar izlanish olib borayotganini aytgan. Agar diniy ulamolar ijobiy xulosa bersa, qizlar uchun maktablar va universitetlar eshiklari ochiladi.

“Biz shariatga muvofiq ish qilmoqdamiz. Agar kimdir hanafiy fiqhiga asoslanib, qizlar taʼlimi boʻyicha bizga hujjatlarni taqdim etsa, bu masala hal boʻlishiga aminman”, degan u.

Nadimning soʻzlariga koʻra, agar diniy ulamolar oʻrganishlardan keyin maktab va universitetlarni ochishga ruxsat bermasa, qizlar taʼlimdan mahrum boʻlishi davom etadi.

Maʼlumot oʻrnida, “Tolibon” Afgʻonistonda hokimiyatni qoʻlga olgandan soʻng, 6-sinfdan yuqori qizlar uchun maktablar va universitetlar eshiklari yopildi.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img