Bolalarga noqonuniy diniy ta‘lim bergan shaxs qamaldi

27.08.2024 16:00
eye icon87
Bolalarga noqonuniy diniy ta'lim bergan shaxs qamaldi
Surxondaryo viloyati Boysun tumanida bolalarga noqonuniy diniy saboq berib kelgan shaxs qamaldi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, 1989-yilda tug‘ilgan, ma’lumoti o‘rta bo‘lgan shaxs oyiga 500 ming so‘mdan 1 million so‘mgacha bo‘lgan miqdorda pul evaziga uyida 11 nafar voyaga yetmagan bolaga hujra sharoitida turli diniy adabiyotlardan foydalanib, noqonuniy diniy saboq berib kelgan.

Holat yuzasidan ayblanuvchiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 241-moddasi (Diniy ta’limotdan saboq berish tartibini buzish) tartibida hujjatlar rasmiylashtirilib, 10 sutka qamoq jazosi qo‘llanildi.

Avvalroq Oliy Majlis Senati tomonidan noqonuniy diniy ta'lim berishni taqiqlash bo'yicha qonun loyihasi ko'rib chiqilgandi.

Shundan so'ng ijtimoiy tarmoq faollari va ayrim senat a'zolari noqonuniy diniy ta'limni taqiqlashdan oldin qonuniy diniy ta'limni yo'lga qo'yish kerak degan fikrni ilgari surib, ushbu qonun loyihasiga e'tiroz bildirishgan edi.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logox-social-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img