1-sentyabrdan bepul maktab avtobuslari yo‘lga qo‘yiladi

26.08.2024 14:33
eye icon77
1-sentyabrdan bepul maktab avtobuslari yoʻlga qoʻyiladi
“Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi Farmonga koʻra, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida tajriba-sinov tariqasida umumiy oʻrta taʼlim maktablariga olis hududlardan qatnaydigan oʻquvchilar uchun autsorsing asosida bepul avtobuslar qatnovi yoʻlga qoʻyilishi belgilangan.

Oʻzbekistonning oliy va chekka hududlarda joylashgan 715 ta maktab oʻquvchilari uchun bepul maktab avtobuslar yoʻlga qoʻyiladi. Bu haqda prezident farmoni bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasida belgilangan.

Strategiyada taʼlim tizimi islohotlari boʻyicha yana bir qator maqsadlar qoʻyilgan. Xususan, umumiy oʻrta taʼlim tizimida “Taʼlim uchun qulay muhit” dasturini amalga oshirish maqsadida maktablarni toza ichimlik suvi va zamonaviy sanitariya-gigiyena infratuzilmasi bilan toʻliq taʼminlash rejalashtirilgan.

Umumiy oʻrta taʼlim tizimini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida 700 ga yaqin nomdagi yangi darsliklar, mashq daftarlari, pedagoglar uchun metodik qoʻllanmalar va mobil ilovalar yaratiladi. Yangi avlod darsliklari asosida planshetlar uchun 1000 ta multimedia dasturlari yaratiladi.

Maktablarga har yili 500 nafar “til egalari” boʻlgan xorijiy mutaxassislar jalb etiladi. Barcha maktablarda kasb-hunarlarga oʻrgatish kurslari joriy etiladi.

Bundan tashqari prezident maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablarning taʼlim metodikasi barcha umumiy taʼlim muassasalari oʻquv jarayonlariga joriy qilinadi.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img