Maktabda o‘quvchilarga quyidagilar qat'iyan taqiqlanadi:
➖ Telefonini bo‘yniga osib olish, ko‘krak cho‘ntaklarida, shim, yubkalari cho‘ntaklarida va shu kabilarda saqlash;
➖ Telefon akkumulatorini zaryadlash uchun ta’lim muassasasi elektr tarmoqlariga ulash;
Telefoni yordamida:
➖ atrofdagilarga zo‘ravonlik, shafqatsizlik, pornografiyani targ‘ib qiluvchi video va suratlarni namoyish qilish;
➖ ta’lim muassasasining nufuziga salbiy ta'sir qiladigan, shu jumladan, zo‘ravonlik va vandalizm holatlarini suratga olish va keyinchalik ularni atrofdagilarga namoyish etish yo‘li bilan zarar yetkazish;
O‘quv mashg‘ulotlari vaqtida:
➖ telefon orqali so‘zlashish hamda SMS (MMS) va boshqa turdagi xabarlarni jo‘natish;
➖ telefonni stol ustiga qo‘yish;
➖ musiqa tinglash;
➖ surat va video tasvirlarni ko‘rsatishda telefondan foydalanish, tasvir ko‘rish, diktofon, kalkulyator, kalendar, bloknot, yon daftarcha kabilar sifatida foydalanish;
➖ suratga olish va video tasvirga tushirish;
➖ telefon orqali boshqa xizmatlardan foydalanish.
Qanday jazo qo‘llanadi?
Ushbu talablar buzilgan taqdirda ta’lim muassasasining har qanday pedagog xodimi ta’lim oluvchidan telefonni olib qo‘yish, bildirishnoma rasmiylashtirish va uni telefon bilan birga ta’lim muassasasining direktoriga yoki direktor o‘rinbosariga, keyinchalik uni ota-onalarga berish huquqiga ega.