Stomatolog qabuliga borgan bola nogironga aylandi

24.08.2024 18:10
eye icon108
Stomatolog qabuliga borgan bola nogironga aylandi
Qozog'istonlik ayol farzandining nogiron bo'lib qolgani yuzasidan sudga murojaat qilgan. Uning e'tiroz bildirishicha, farzandining bu holatga tushishida sifatsiz xizmat ko'rsatgan tish shifokori sabab bo'lgan.

Qozog'iston Oliy sudi matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko'ra, ona farzandin Qizil O'rda markaziy shifoxonasidagi stomatolog huzuriga olib borgan. Shifokor bolaning tishini olib tashlagan. Ertasi kuni esa bolaning ahvoli og'irlashib, jag'i shishib ketgan.

Keyinroq og‘iz bo‘shlig‘ida yallig‘lanish paydo bo‘lgani sababli voyaga yetmagan bola viloyat ko‘p tarmoqli shifoxonasi bo‘limida ikki marta operatsiya qilinib, 7 ta tishi olib tashlandi.

“Olti oy o‘tgach, bolaning jag‘i yana shishib ketgani va yiringli yarasi bitmagani sababli, ular Olmaota shahrida o'z hisobidan jarrohlik amaliyotini boshdan o'tkazishlariga to‘g‘ri keldi”, — deyiladi Respublika Oliy sudi xabarida.

Davolanish tugaganidan keyin bola nogiron bo'lib qoldi va onasi birinchi klinikadan ma'naviy va moddiy zararni qoplash to'g'risida da'vo arizasi bilan murojaat qildi.

Sud jabrlanuvchining onasiga 1,5 million tenge (taxminan 40 million so'm) undirish yuzasidan qaror qabul qildi.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img