Harris prezident bo‘lsa yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga 6 ming dollar bermoqchi

19.08.2024 09:11
eye icon52
Harris prezident bo‘lsa yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga 6 ming dollar bermoqchi
AQSH vitse-prezidenti, yaqinlashayotgan saylovda demokratlar partiyasidan nomzod boʻlib turgan Kamala Harris 16-avgust kuni saylovoldi dasturini eʼlon qildi. U prezidentlikka nomzod boʻlganidan beri mamlakatni boshqarish boʻyicha oʻzining ustuvor yoʻnalishlariga oid eng batafsil qarashlari bilan boʻlishdi, deb yozadi The Washington Post.

Harrisning Shimoliy Karolinada chiqishidan oldin uning saylovoldi shtabi “Amerika oilalari uchun xarajatlarni kamaytirish”ga qaratilgan oʻndan ortiq iqtisodiy siyosatni qoʻllab-quvvatlashini eʼlon qildi — ularning ayrimlari amaldagi prezident va saylovlarda demokratlardan koʻrsatilgan avvalgi nomzod Jo Bayden bergan vaʼdalardan boshqacha.

Millionlab amerikaliklarning tibbiy xizmat toʻlovlari borasidagi qarzdorligini bekor qilish — eng koʻzga koʻringan takliflardan boʻldi. Shuningdek, oziq-ovqat mahsulotlari narxining koʻtarilishi birinchi marta taqiqlanishi, retsept boʻyicha beriladigan dori-darmonlar narxini cheklash, birinchi marta uy-joy xarid qilayotganlarga 25 ming dollar miqdorida subsidiya berish va farzandli boʻlgan oilalarga 6 ming dollar miqdorida bolalar soliq imtiyozining berilishi kabi takliflar ilgari surildi.

Harris, shuningdek, muddati 2021-yilda tugagan bolalar soliq imtiyozini tiklashga, imtiyozni har bir bola uchun 2000 dollardan 3000 dollargacha oshirishga chaqirmoqda.

Ushbu takliflar uchun sarflanadigan xarajatlar hozircha nomaʼlum. Federal byudjet boʻyicha qoʻmitaning katta vitse-prezidenti Mark Goldveynga koʻra, aksariyat bolalar uchun 3 ming dollar berishni nazarda tutuvchi Baydenning soliq imtiyozlarini qayta tiklashga hozirgi siyosat bilan taqqoslansa, 1,1 trillion dollar talab etiladi. Harrisning yangi tugʻilgan bolalar uchun 6 ming dollar miqdorida qoʻshimcha imtiyoz berishi oʻn yil davomida 100 milliard dollarga tushadi.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logox-social-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img