Iroqda qizlarni 9 yoshdan turmushga berish qonuniylashtiriladi

15.08.2024 12:42
eye icon88
Iroqda qizlarni 9 yoshdan turmushga berish qonuniylashtiriladi
Iroqda qizlarga 9 yoshdan boshlab turmushga chiqishga ruxsat beruvchi qonun loyihasi mamlakat bo‘ylab noroziliklarga sabab bo‘ldi. Ayollar huquqlari faollari bu “bolalarni zo‘rlashni qonuniylashtirish” ekanini ta’kidlamoqda.

The Guardian’ning ta’kidlashicha, Iroq siyosiy tizimida hukmronlik qilayotgan shia diniy guruhlari o‘n yildan ortiq vaqtdan beri mamlakatda ayollar huquqlarini cheklashga harakat qilmoqda. Qo‘shni Saudiya Arabistonidan farqli o‘laroq, Iroqda ayollardan turmush qurish kabi muhim hayotiy qarorlarni qabul qilish uchun er, ota yoki vasiy erkakning ruxsatini talab qiladigan erkaklar vasiyligi tizimi yo‘q.

Biroq shu hafta Iroq parlamentida birinchi o‘qish bo‘lib o‘tgan yangi taklif diniy hukumatlarga oilaviy masalalar, jumladan, nikoh, ajralish va bolalarni parvarish qilish bo‘yicha qarorlar qabul qilish huquqini beradi.

“Bu ayollar uchun halokat. Erim va oilam bolalar nikohiga qarshi. Tasavvur qiling-a, agar qizim erga tegsa-yu, qizimning eri nabiramni yoshligidayoq turmushga bermoqchi bo‘lsa. Yangi qonun bunga imkon beradi. Menga e’tiroz bildirishga ruxsat berishmaydi. Bu qonun bolalarni zo‘rlashni qonuniylashtiradi”, deydi qonunni o‘zgartirishga qarshi kurashuvchi guruhlar koalitsiyasining koordinatori Raya Faik.

Qonun loyihasi Iroq Adliya vazirligi tomonidan ko‘rib chiqish uchun taqdim etilgan. Mansabdorlar fikricha, qizlarni boshlang‘ich maktab tugashi bilan turmushga berish kerak. Bu ularga go‘yoki “axloqsiz aloqalardan” qochishga yordam beradi. O‘g‘il bolalar uchun yosh chegarasini esa 15 ga tushirishmoqchi.

Iroqda 1950-yillardan beri 18 yoshgacha nikoh taqiqlangan bo‘lsa-da, YUNISEF tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, Iroqdagi qizlarning 28 foizi 18 yoshga to‘lmasdan turmushga chiqqan.

“Afsuski, bu qonunni qo‘llab-quvvatlayotgan erkak-deputatlar balog‘atga yetmagan qiz bilan nikohda nima yomonlik bor, deb erkakchasiga gapirmoqda. Ularning tafakkuri tor. Ular odamlarning taqdirini belgilaydigan qonun chiqaruvchilar ekanini e’tiborga olmaydi..., balki bularning barchasini hal qilish uchun o‘zlarining erkakcha fikrlashlariga ergashmoqda”, deydi iroqlik deputat Aliya Nasif.

Namoyishchilar agar qonundagi o‘zgarishlar qabul qilinsa, farzandlarini o‘zlaridan ham og‘irroq kelajak kutayotganidan xavotirda ekanini aytgan.

“Mening bitta qizim bor va uni ham menga o‘xshab bolaligida turmushga chiqishga majbur qilishlarini istamayman”, deydi 16 yoshida turmush qurish uchun maktabni tashlab ketgan Azhar Jassim.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img