Maktab sumkasini tanlashda nimalarga e‘tibor berish kerak?

10.08.2024 09:38
eye icon58
Maktab sumkasini tanlashda nimalarga e'tibor berish kerak?
Yangi oʻquv yili boshlanishiga sanoqli haftalar qoldi. Hozirdanoq bozoru doʻkonlarda oʻquv qurollari va kiyim-kechaklar savdosi avjida. Bunday vaziyatda eng koʻp xarid qilinadigan mahsulotlardan biri bu hech shubhasiz maktab sumkalaridir.

Ammo koʻpchilik bolalar ularni tanlashda portfelning tashqi koʻrinishiga, ota-onalar esa chidamliligi, qulayligi hamda bahosiga alohida eʼtibor qaratishadi. 

Xoʻsh, bu borada tibbiyot mutaxassislarining tavsiyalari qanday? 

Sogʻliqni saqlash vazirligi Axborot xizmati Respublika bolalar ortopediya markazi direktori Akbar Tilyakovning shu mavzudagi mulohaza va xulosalarini taqdim etdi.

— Notoʻgʻri tanlangan va foydalanilgan ryukzaklar maktab yoshidagi bolalarning umurtqa pogʻonasi hamda mushaklari uchun ortiqcha yuklamani keltirib chiqaradi, — deydi mutaxassis. —  Bu holat kelgusida skolioz kabi kasalliklarning rivojlanish xavfini oshirishi mumkin. 

Maktab sumkasi bolaning orqa qismiga qulay joylashadigan oʻlchamda, tasmalari yelka qismiga botmaydigan keng va yumshoq yostiqchali qoplamalar bilan taʼminlangan boʻlishi lozim. 

Matosi suv oʻtkazmaydigan, orqa astari esa yupqa boʻlmasligi kerak. Aks holda, sumka ichidagi qatiq buyumlar, kitoblar jildining burchaklari kuraklar hamda bel sohasida ogʻriq va jarohatlarni keltirib chiqarishi xavfi bor.  

Ryukzaklarni ikki yelkaga baravar osish tavsiya etiladi. Bu ogʻirlikning tana boʻylab muvozanatli taqsimlanishiga xizmat qiladi va umurtqa pogʻonasi egriligi bilan bogʻliq patologiyalar kelib chiqishidan asraydi.
 
Maktab sumkasi beldan pastga tushmagan holatda, lekin undan 5 santimetrdan kam boʻlmagan uzunlikda taqib yurilishi maqsadga muvofiq. 

Ryukzakning umumiy ogʻirligi bola vaznining 10-15 foizidan oshmasligi kerak. Bu meʼyor kichik yoshdagi oʻquvchilar uchun taxminan 3-5 kilogramm, oʻrta sinfdagi bolajonlar uchun 6-8 kilogrammga teng. 

Sumkaga oʻquv qurollari va jihozlarini joylashtirish ham muhim jarayon. Jumladan, ogʻir narsalar ryukzak oʻrtasiga, yengillari har ikki tomoniga muvozanatli solingani maʼqul.

Qolaversa, katta hajmdagi, ogʻir va noqulay ryukzaklardan foydalanish bolajonlarning zinapoya va yoʻlaklarda yiqilish xavfini oshiradi.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img