Maktabdagi ingliz tili xonasida nimalar bo‘lishi kerak?

04.08.2024 14:09
eye icon88
Maktabdagi ingliz tili xonasida nimalar bo‘lishi kerak?
2017-yil 16-oktyabrda Xalq taʼlimi vazirligining “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari uchun zarur boʻladigan jihozlar meʼyorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi qabul qilingan.

Ushbu hujjatda maktablarning chet tillarini oʻrganish xonalarida qanday jihozlar boʻlishi kerakligi belgilab qoʻyilgan.

Unga koʻra, 1-4 sinf xonalari quyidagilar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
— oʻqituvchi uchun kompyuter texnikasi (noutbuk);
— ovoz chiqargich (dinamik);
— optik sichqoncha;
— videoproyektor; 
— proyektor uchun ekran;
— kompyuter uchun TV-tyuner.

Shuningdek, statsionar DVD-magnitola, oʻquv koʻrgazmali qurollar (lugʻat, mevalar va poliz ekinlari mulyajlari hamda oʻzbek xalq ertaklari), elektron doska kabi jihozlar boʻlishi kerakligi ham qayd etilgan.

5-11 sinf xonalarida boʻlishi belgilangan jihozlar esa quyidagicha:
— Sinf doskasi (uch tabaqali)
— Oʻquvchi stoli va stuli (1 dona stol, 2 dona stul)
— Oʻqituvchi stoli
— Yarim yumshoq stul
— Kitob javoni (koʻrgazmali qurollar uchun).

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img